So‘nggi:
Anomal issiq kunlarda tez yordamga kelib tushgan chaqiriqlar soni ochiqlandiJamiyatDunyoga mashhur reper Kanye Vest Olmaotada konsert beradiDunyoRossiyada migrantlarga smartfon sotib olish majburiyati yuklanishi mumkinDunyoO‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritishdiSportO‘zbekiston hududlarida anomal issiq sababli chiroq ikki soatgacha o‘chiriladiJamiyatO‘zbekistonning qaysi hududida inflyatsiya eng tez oshayotgani maʼlum bo‘ldiIqtisodiyotO‘zbekistonda eng obod xonadon va mahalla egalari mol-mulk hamda yer solig‘idan ozod qilinadiJamiyatDam olish kunlari O‘zbekistonda anomal issiq pik nuqtasiga chiqadiJamiyatTramp AQShda immigrant yuk mashinasi haydovchilari faoliyatini cheklashga va’da berdiDunyoMirzo Ulug‘bek tumanida YPX xodimi mototsikldagi YTH oqibatida halok bo‘ldiJamiyat

O‘zbekistonda anomal issiq kuchayib, harorat +48 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda anomal issiq kuchayib, harorat +48 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

 O‘zgidromet xabariga ko‘ra, 18–20-iyul kunlari O‘zbekistonga janubdan o‘ta issiq havo kirib kelishi davom etadi. Janubiy viloyatlar va cho‘l hududlarida harorat rekord darajadagi +48 darajaga yetishi mumkin.

Joriy yilning 18–20-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimi kirib kelishi davom etadi, deb xabar bermoqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi (O‘zgidromet).

Ushbu kunlarda sinoptiklar joriy yoz mavsumining eng yuqori harorat ko‘rsatkichlarini prognoz qilmoqdalar:

  • Mamlakatning aksariyat hududlarida havo harorati +43…+45 darajagacha ko‘tariladi;

  • Respublikaning janubida hamda cho‘l zonalarida ba’zi joylarda harorat anomal darajada — +46…+48 darajagacha yetishi kutilmoqda.

Anomal issiq ob-havodan tashqari, respublika bo‘ylab shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Ayrim joylarda shamol shabadasi soniyasiga 20–22 metrgacha yetishi, buning oqibatida chang-to‘zonlar ko‘tarilishi taxmin qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatda kuzatilayotgan anomal issiq harorat sababli 16-iyuldan boshlab Toshkent viloyatidagi barcha davlat va xususiy bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Energetika vazirligi esa elektr energiyasi iste’moli tarixiy rekordni yangilagani fonida aholidan chiroqni tejashni va konditsionerlarni 24 darajadan past bo‘lmagan haroratda ishlatishni so‘radi.