O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Olti oyda 18 nafar IIV xodimi xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etdi

Olti oyda 18 nafar IIV xodimi xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etdi

O‘zbekistonda 2026-yilning 6 oyi davomida xizmat burchini ado etish chog‘ida 18 nafar ichki ishlar xodimi vafot etdi, 78 nafari jarohatlandi. Halok bo‘lganlar soni o‘tgan yilgiga nisbatan 3 baravar ko‘paygan.

Uning qayd etishicha, 2026-yilning o‘tgan 6 oyi mobaynida 18 nafar ichki ishlar organi xodimi o‘z xizmat vazifasini bajarish jarayonida vafot etgan. Shuningdek, 78 nafar ichki ishlar organi xodimi xizmat vazifasini bajarish chog‘ida turli darajada tan jarohati olgan. Vazirlik rahbariyati nomidan halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirildi.

Ma’lumot uchun, 2025-yilda xizmat vazifasini bajarish chog‘ida 6 nafar xodim vafot etib, 131 nafari jarohatlangani ma’lum qilingan edi. Amaldagi ko‘rsatkichlar shuni ko‘rsatadiki, halok bo‘lgan xodimlar soni joriy yilning atigi 6 oyida o‘tgan yilgi umumiy ko‘rsatkichga nisbatan 3 baravarga oshgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25-fevral kuni tungi xizmat vaqtida Toshkentning Mirobod tumani Nukus ko‘chasida transport vositasini olib qochib, yuqori tezlikda harakatlangan voyaga yetmagan shaxs YPX inspektori Hosilbek Eshnazarovni urib yuborgan edi. Inspektor uch kun davomida ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, 27-fevral kuni shifoxonada vafot etgan.