So‘nggi:
Ekologiya qo‘mitasi daraxtlar issiqdan qurib qolishiga befarq bo‘lmaslikka chaqirdiJamiyatToshkent va Bekobod o‘rtasida yangi elektropoyezd harakati yo‘lga qo‘yildiJamiyatO‘zbekistonda bog‘chalar anomal issiq sabab vaqtincha yopilishi mumkinJamiyatShavkat Mirziyoyev “O‘zmetkombinat”ning yangi majmuasini ishga tushirdiIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev Qatar amiriga ta’ziya bildirdiSiyosatUrgut tumani prokurori o‘rinbosari poraxo‘rlik ustida ushlanib, qamoqqa olindiJamiyat41 ta xorijiy atamaning rasmiy o‘zbekcha muqobili tasdiqlandiJamiyatQoraqalpog‘istonda anomal issiq sababli bog‘chalar vaqtincha yopilmoqdaJamiyatToshkentda anomal issiq tufayli svet o‘chishi mumkinJamiyatKonor Makgregor jarohat sababli Maks Xolloueyga 69-soniyada mag‘lub bo‘ldiJamiyat

Shavkat Mirziyoyev “O‘zmetkombinat”ning yangi majmuasini ishga tushirdi

Shavkat Mirziyoyev “O‘zmetkombinat”ning yangi majmuasini ishga tushirdi

Shavkat MirziyoyevBekobodga tashrifi doirasida kombinatda barpo etilgan yangi Quyuv-prokatlash majmuasi faoliyatiga start berdi. Loyiha doirasida yiliga 1 million tonna issiq prokatlangan po‘lat list ishlab chiqariladi va 1200 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-iyul kuni Bekobod shahriga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston metallurgiya kombinatida barpo etilgan yangi Quyuv-prokatlash majmuasini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi. Davlat rahbari ramziy tugmani bosib, ushbu yirik ishlab chiqarish quvvati faoliyatiga start berdi.

Mazkur majmua mamlakatimizda issiq prokatlangan po‘lat listlar ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi loyiha sifatida tarixga kirdi. Uning ishga tushirilishi natijasida yiliga 8 trillion so‘mlik 1 million tonna mahsulot ishlab chiqariladi va bu orqali Toshkent hamda Samarqand metallurgiya zavodlarining prokat listlariga bo‘lgan ehtiyoji to‘liq qoplanadi. Shuningdek, kombinatda 1 ming 200 ta yuqori daromadli yangi ish o‘rni yaratiladi. Davlat rahbari Bekobod shahriga yangi qo‘yilgan zamonaviy elektropoyezdda keldi hamda loyihada ishtirok etgan barcha muhandis, quruvchi va xorijiy hamkorlarga minnatdorlik bildirdi.

Yangi texnologiyalar tufayli korxona mashinasozlik, elektrotexnika, mudofaa sanoati va energetika kabi yo‘nalishlar uchun 80 turdagi yangi mahsulot yetkazib berishni boshlamoqda. Kelgusi besh yilda rejalashtirilgan yirik infratuzilmaviy loyihalar va uy-joy qurilishlari sababli mamlakatda metall mahsulotlariga bo‘lgan talab yana 1,5 barobarga ortishi kutilmoqda.