So‘nggi:
O‘zbekistonda soliq keshbeki tizimi to‘xtatilmaydiIqtisodiyotSobiq davlat xizmatchilarini ishga qabul qilishning korrupsiyaga qarshi yangi tartibi tasdiqlandiSiyosatAQSHda o‘lik deb topilgan 18 oylik bola 5 soatdan keyin morgda tirik ekani aniqlandiDunyoMarkaziy bank: Yirik P2P o‘tkazmalarini nazorat qilish Konstitutsiyaga zidIqtisodiyotAQSHda saraton hujayralarini 99 foizgacha yo‘q qilishning yangi usuli kashf etildiDunyoO‘zbekistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik qilgan pedagoglar bir yilga ishlash huquqidan mahrum etiladiJamiyatToshkentda o‘zini kanalga tashlagan ayol va uni qutqarmoqchi bo‘lgan Milliy gvardiya xodimi halok bo‘ldiJamiyatAQSHda YTH sodir etgan O‘zbekiston fuqarosiga ayblov e’lon qilindiJamiyatEski avtomashinalarni topshirib boshlang‘ich to‘lovsiz yangi Cobalt olish mumkin bo‘ladiJamiyatO‘zbekistonda cheklar uchun beriladigan 1 foizlik keshbekni bekor qilish taklif etildiIqtisodiyot

AQSHda o‘lik deb topilgan 18 oylik bola 5 soatdan keyin morgda tirik ekani aniqlandi

AQSHda o‘lik deb topilgan 18 oylik bola 5 soatdan keyin morgda tirik ekani aniqlandi

Arizonada shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e’lon qilingan va hovuzga tushib ketgan 18 oylik go‘dak 5 soatdan keyin morgda tirik holda nafas olayotgani ma’lum bo‘ldi. Shifokor va ota-onaga chora ko‘rilmoqda.

AQSHning Gilbert shahrida (Arizon shtati) shifoxona shifokorlari tomonidan rasman o‘lik deb e’lon qilingan 18 oylik go‘dak oradan besh soat o‘tib, o‘likxonada (morgda) tirik ekani aniqlandi. Bu haqda Gilbert shahri politsiyasi hisobotiga tayanib, BBC nashri xabar berdi.

Voqea 8-fevral kuni, bolaning oilasi NFL Super Bowl final uchrashuvini tomosha qilish uchun yig‘ilgan paytda sodir bo‘lgan. Nazoratsiz qolgan bola uy hovlisidagi hovuzga tushib ketgan va yaqinlari uni suvda yuzi qaratilgan holda topishgan. Voqea joyiga soat 17:30 larda yetib kelgan qutqaruvchilar bolaga birlamchi yordam ko‘rsatib, uni Mercy Gilbert tibbiyot markaziga olib borishgan. Biroq soat 18:20 da shifoxona shifokori Aryan Tusi bolani vafot etgan deb e’lon qilgan. Politsiya ofitserlari shifokorga bolada hali ham hayot alomatlarini ko‘rishayotganini aytishganda, u: “Iltimos, o‘z ishingizni qiling va menga o‘z ishimni qilishga ruxsat bering. Men tibbiyot maktabiga bekorga bormaganman”, deya qo‘pol javob qaytargan.

Oradan 5 soat o‘tgach, Marikopa okrugi sud-tibbiyot ekspertizasi idorasi xodimi tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun shifoxona morgiga kelganida, bolaning hali ham nafas olayotganini aniqlagan. Shundan so‘ng go‘dak zudlik bilan vertolyotda boshqa ixtisoslashgan shifoxonaga olib ketilgan va u yerda shifokorlar yordamida to‘liq sog‘aytirilib, uyiga javob berilgan.

Politsiya tergov natijalariga ko‘ra, ota-onaga nisbatan bolaning hayotini xavfga qo‘yish va ehtiyotsizlik aybi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atishni tavsiya qildi. Detektivlar voqea sodir bo‘lgan kuni uyda kuchli marixuana hidi bo‘lganini va kattalar aynan shu sababli hushyorlikni yo‘qotib, bolani nazoratsiz qoldirganini aniqlashgan. Marikopa okrugi prokuraturasi hozirda ota-onaga va mas’uliyatsiz shifokorga nisbatan rasmiy ittihom e’lon qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda.