So‘nggi:
Tramp Ispaniya bilan barcha savdo aloqalarini uzishni buyurdiDunyoSirdaryoda o‘quvchi qizga shilqimlik qilgan maktab konsultanti qamaldiJamiyatO‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 6,8 mlrd dollarga kamaydiIqtisodiyotPrezident Shavkat Mirziyoyev “Green Samarkand” yirik ekologik loyihasini ma’qulladiIqtisodiyotO‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Belarusga jo‘nab ketdiSiyosatO‘zbekistonda avtomashinalarni jarima maydonchasidan chiqarish faqat elektron ruxsatnomalar orqali amalga oshiriladiJamiyatToshkentda xalqaro miqyosda faoliyat yuritgan yirik kiberjinoyatchilar guruhi qo‘lga olindiJamiyatToshkentda voyaga yetmagan o‘smir ishtirokidagi mudhish YTH yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildiJamiyatO‘zbekistonda 5 yilgacha bo‘lgan yuk mashinalari importi uchun boj butunlay bekor qilindiJamiyatBishkekda 187 yo‘lovchisi bo‘lgan samolyot shassisi sinishi oqibatida favqulodda qo‘ndiDunyo

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Green Samarkand” yirik ekologik loyihasini ma’qulladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Green Samarkand” yirik ekologik loyihasini ma’qulladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrini ekologik jihatdan barqaror, iqlim o‘zgarishlariga moslashgan hamda Markaziy Osiyoning yetakchi “yashil shahar”laridan biriga aylantirishni nazarda tutuvchi “Green Samarkand” loyiha modeli bilan tanishdi va taqdim etilgan barcha takliflarni ma’qulladi.

Prezident tomonidan tasdiqlangan va 2030-yilgacha mo‘ljallangan ushbu dastur shahar ekologiyasini tubdan sog‘lomlashtirish bo‘yicha aniq maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilab beradi. Unga ko‘ra, atmosferaga 51,2 ming tonna zararli moddalar chiqishining oldi olinadi, maxsus gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish hisobiga PM2.5 va PM10 mikrozarralari konsentratsiyasi 50 foizga, qurilish changlari 80 foizga, transport tashlamalari esa 50 foizga kamaytiriladi. Jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun maxsus “Yashil Samarqand” loyiha idorasi tashkil etiladi.

Loyiha doirasida shahar transport tizimida davlat rahbari qo‘llab-quvvatlagan katta inqilobiy o‘zgarishlar amalga oshiriladi. Hujjatda yirik sig‘imli 50 ta va undan ortiq yangi elektrobus xarid qilish, 150 ta zamonaviy svetofor o‘rnatish hamda 2030-yilga borib jamoat transporti va barcha taksi xizmatlarini to‘liq elektr transportiga o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Samarqandning tarixiy va sayyohlik qismini muhofaza qilish maqsadida “Park & Ride” tutib qoluvchi avtoturargohlar tizimi joriy etiladi, yangi piyodalar zonalari yaratiladi va shahar markaziga shaxsiy avtomobillarning kirishi bosqichma-bosqich cheklab boriladi.

Shuningdek, hududda maxsus ekologik-shaharsozlik rejimi joriy etilib, yangi qurilayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan ob’ektlarga energiya va suvni tejash, chiqindilarni saralash bo‘yicha qat’iy “yashil qurilish” talablari qo‘yiladi. Ushbu mezonlarga javob bermaydigan binolar foydalanishga topshirilmaydi.

Dastur shahar infratuzilmasi va sanoat tarmoqlarini ham qamrab olgan. Samarqandda umumiy uzunligi 319 kilometr bo‘lgan qadimiy ariqlar tizimi tiklanadi, 10 ta yeni favvora qurilib, kamida to‘rtta sun’iy ko‘l va suv havzalari barpo etiladi. Yangi katta halqa yo‘li bo‘ylab uzunligi 102,7 kilometr, maydoni esa 3532 gektarni tashkil etuvchi yashil belbog‘ yaratiladi. Bu belbog‘ shahar atrofida changni to‘suvchi va havo haroratini pasaytiruvchi tabiiy qalqon vazifasini o‘taydi. Bundan tashqari, 300 gektar maydonda xalqaro andozalar asosida “Green City Samarkand” ekologik tumani qad rostlaydi.

Sanoat korxonalarida “Zero Visible Emission” raqamli monitoring tizimi joriy etilib, atrof-muhitga jiddiy xavf tug‘diruvchi I va II toifadagi 8 ta yirik korxona shahar tashqarisiga ko‘chiriladi. Chiqindilar muammosi esa “Zero Waste Samarkand” konsepsiyasi orqali hal etiladi. Prezident ushbu dastur Samarqandni mintaqadagi yashil investitsiyalar va innovatsiyalar poytaxtiga aylantirishi zarurligini ta’kidladi.