So‘nggi:
Toshkentda voyaga yetmagan o‘smir ishtirokidagi mudhish YTH yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildiJamiyatO‘zbekistonda 5 yilgacha bo‘lgan yuk mashinalari importi uchun boj butunlay bekor qilindiJamiyatBishkekda 187 yo‘lovchisi bo‘lgan samolyot shassisi sinishi oqibatida favqulodda qo‘ndiDunyoO‘zbekistonda zargarlik buyumlari uchun majburiy raqamli markirovka joriy etiladiSiyosatQozog‘iston chet el transport vositalarining kirishini kuniga bir martagacha chekladiDunyoO‘zbekistonda xorijiy dasturlarga qaramlikni kamaytiradigan milliy navigatsiya tizimi yaratiladiJamiyatQosim-Jomart Toqayev yana Qozog‘iston prezidentligiga nomzodini qo‘yish huquqini qo‘lga kiritdiDunyoBog‘chalarga imtiyozli navbat my.gov.uz’da to‘liq avtomatlashtirildiJamiyatToshkentda avtoyuvish xodimi Portugaliya g‘alabasiga tikish uchun Spark’ni olib qochdiJamiyatO‘zbekistonda neft mahsulotlari zaxirasi yaqin 2−3 oy uchun yetarli ekani ma’lum qilindiIqtisodiyot

Bishkekda 187 yo‘lovchisi bo‘lgan samolyot shassisi sinishi oqibatida favqulodda qo‘ndi

Bishkekda 187 yo‘lovchisi bo‘lgan samolyot shassisi sinishi oqibatida favqulodda qo‘ndi

TezJet aviakompaniyasining yo‘lovchi tashuvchi samolyoti shassisi nosozligi sabab “Manas” aeroportiga favqulodda qo‘ndi. Kerosin to‘kilishi ortidan aeroport faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Joriy yilning 7-iyul kuni Bishkekning “Manas” xalqaro aeroportida yo‘lovchi tashuvchi havo kemasi ishtirokida favqulodda holat qayd etildi. TezJet aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan, bortida 187 kishi (181 nafar yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zosi) bo‘lgan samolyot orqa shassisining sinishi oqibatida favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan. Samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagiga noqulay va keskin tarzda kelib qo‘ngan. Hodisa oqibatida bir nechta yo‘lovchilar yengil shilinish, tirnalish va turli darajadagi mayda jarohatlar olishgan, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Ushbu aviatsiya hodisasi ortidan poytaxt aeroportida reyslar harakati butkul to‘xtab qoldi. Qo‘nish chog‘ida aviahalokat sababli yo‘lakka katta miqdorda aviakerosin yoqilg‘isi to‘kilib ketgan. Hozirda fojia joyida yong‘in xavfsizligi xizmatlari ish olib bormoqda. “Qirg‘iziston aeroportlari” matbuot xizmati xabariga ko‘ra, “Manas” aeroporti soat 22:00 gacha to‘liq yopildi va buning oqibatida 14 ta aviareys kechiktirildi. Aviakompaniya vakillari to‘kilgan kerosin izlari tozalanmaguncha va samolyot yo‘lakdan evakuatsiya qilinmaguncha boshqa laynerlarni qabul qilish imkonsizligini ma’lum qildi. Aeroport rahbariyati hodisa sabablarini o‘rganish uchun maxsus komissiya tuzish masalasini ko‘rib chiqmoqda.