O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni 5 millionga yaqinlashdiJamiyatShavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart Toqayevni Qurultoy saylovlari yakunlangani munosabati bilan qutladiSiyosatO‘zbekistonda OOTLardagi vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandiJamiyatO‘zbekistonda 10-sinf o‘quvchilariga texnikumlarga o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berildiJamiyatShavkat Umurzoqov sotuvga qo‘yilgan 35 ta bozor o‘z faoliyatini saqlab qolishini bildirdiJamiyatToshkentda raqamsiz Malibu YHXBBdan qochishga urindiJamiyatSamarkand-2028 sun’iy yo‘ldoshi Samarqandning orbitadan olingan ilk suratlarini uzatdiJamiyatBektemir City loyihasining qamrovi va moliyalashtirilishiIqtisodiyotO‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati pasayadiJamiyatDollar kursi 5 kunlik pasayishdan so‘ng qayta ko‘tarildiIqtisodiyot

Gruziyada O‘zbekiston elchixonasi ochiladi

Gruziyada O‘zbekiston elchixonasi ochiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tbilisiga davlat tashrifi doirasida Gruziyada O‘zbekiston elchixonasini ta’sis etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shu vaqtgacha mamlakatimiz ushbu davlat bilan diplomatik aloqalarni Boku orqali yuritib kelayotgan edi.

Ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1994-yilda o‘rnatilgan bo‘lib, hozirga qadar Gruziyaning Toshkentda o‘z elchixonasi faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi. O‘zbekiston esa Gruziya bilan aloqalarni Ozarbayjondagi (Boku) elchixonasi vositasida muvofiqlashtirgan.

Muzokaralar yakunida o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilishi ma’lum qilindi. Shuningdek, joriy 2026-yilda qo‘shma ta’lim hamda turizm forumlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Davlat rahbari Tbilisi bog‘laridan biriga ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiy nomi berilayotgani uchun Gruziya hukumatiga alohida minnatdorlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Gruziyaga davlat tashrifi bilan 2-iyul kuni kelgan edi. Orbeliani saroyida o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvda mamlakat Prezidenti Mixail Kavelashvili O‘zbekiston yetakchisini Gruziyaning oliy davlat mukofoti – “Oltin mo‘yna” ordeni bilan taqdirladi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Prezidenti Tbilisidagi Qahramonlar maydonida Gruziya birligi yo‘lida halok bo‘lganlar xotirasiga hurmat bajo keltirib, yodgorlik poyiga gulchambar qo‘ydi.