Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Qozog‘iston va Qirg‘iziston elchixonalar ochish uchun bir-biriga 49 yilga yer ajratadi

Qozog‘iston va Qirg‘iziston elchixonalar ochish uchun bir-biriga 49 yilga yer ajratadi

Qozog‘iston Senati ikki davlat diplomatik vakolatxonalari uchun Ostona va Bishkekdan bepul yer maydonlari hamda elchilar rezidensiyasi ajratish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi.

Tengrinews agentligi xabariga ko‘ra, hujjat asosida ikki davlat o‘zaro manfaatdorlik va teng huquqlilik tamoyillari ostida bir-birining elchixonalari hamda favqulodda va muxtor elchilarining rasmiy qarorgohlari (rezidensiyalari) uchun bino va yerlarni bepul taqdim etadi.

Kelishuvga binoan, barcha ko‘chmas mulk va yer maydonlari tomonlarga 49 yil muddatga foydalanish uchun beriladi. Qirg‘iziston tomoniga Ostonada yangi elchixona binosini barpo etish uchun 0,74 gektar yer maydoni hamda elchi qarorgohi sifatida foydalanish uchun 1267 kvadrat metrlik alohida kottej ajratiladi. O‘z navbatida, Qozog‘istonga Bishkek shahridan elchixona ehtiyojlari uchun 0,75 gektar yer va elchining rezidensiyasi uchun 531 kvadrat metr maydonga ega kottej taqdim etilmoqda. Ushbu ob’ektlarning har biriga alohida mustaqil hudud biriktirilgan.

Mazkur kelishuv doirasida ajratilgan barcha diplomatik ko‘chmas mulklar har ikkala davlatda undiriladigan barcha turdagi soliqlar, majburiy yig‘imlar va bojxona to‘lovlaridan butunlay ozod qilinadi. Biroq elchixona binolarini qurish, ularni ta’mirlash, saqlash hamda kommunal xizmatlar (issiqlik, suv, elektr energiyasi) uchun to‘lovlar bilan bog‘liq barcha xarajatlarni har bir tomon qabul qiluvchi davlatda amalda bo‘lgan tariflarga muvofiq o‘z yonidan mustaqil ravishda qoplaydi.

Ma’lumot o‘rnida, Qozog‘iston hukumati boshqa davlatlar bilan ham bunday hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan — xususan, 2025-yilning mart oyida mamlakat deputatlari AQSHga diplomatik ob’ekt qurish uchun 70,6 ming kvadrat metr yer maydonini 49 yilga ijaraga berish bitimini ratifikatsiya qilgan edi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish