Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

O‘zbekiston milliy terma jamoasi dramatik kechgan bahsda DR Kongoga yutqazdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi dramatik kechgan bahsda DR Kongoga yutqazdi

O‘zbekiston terma jamoasi Eldor Shomurodovning golidan so‘ng hisobda oldinda borayotgandi, biroq ikkinchi bo‘limda uchta gol o‘tkazib yuborib, DR Kongoga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalari keskin hujumlar bilan boshlandi. Birinchi daqiqadayoq terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodov raqib darvozasini ishg‘ol qildi, ammo hakam ofsayd sababli golni inobatga olmadi. Shunga qaramay, hujumchimiz tez orada kongo hisobiga yana bir bor aniq zarba yo‘lladi va bu safar toza gol urib, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limdagi burilish va penalti

O‘yinning ikkinchi qismida Afrika jamoasi muvozanatni tiklash uchun oldinga o‘tdi. Dastlab kiritilgan gol VAR tekshiruvidan so‘ng hakam tomonidan bekor qilingan bo‘lsa, 66-daqiqada vaziyat o‘zgardi. Jarima maydonchasi ichida himoyachimiz Abduqodir Husanov hamda Yoan Vissa o‘rtasidagi to‘qnashuvdan keyin hakam darvozamizga penalti belgiladi. Vissa zarbada adashmadi va hisobni 1:1 ko‘rinishiga keltirdi.

O‘yin oxirida raqib bosimni yanada kuchaytirdi. Fiston Mayele kutilmagan zarba bilan kongo jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, uchrashuv yakunlanishi arafasida Yoan Vissa himoyamizdagi xatolikdan unumli foydalanib, dublini rasmiylashtirdi va yakuniy hisobni o‘rnatdi — 3:1, O‘zbekiston terma jamoasi mag‘lub bo‘ldi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish