Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Rossiyadagi yoqilg‘i inqirozi ortidan Toshkent AYoQShlarida Rossiya benzini g‘oyib bo‘ldi

Rossiyadagi yoqilg‘i inqirozi ortidan Toshkent AYoQShlarida Rossiya benzini g‘oyib bo‘ldi

Poytaxtdagi “Tatneft” shoxobchalarida Rossiya yoqilg‘isi sotuvdan umuman yo‘qoldi. RFning o‘zida esa eksportga taqiq qo‘yilgan va taqchillik kuchaymoqda.

 Ayni paytda bekatlarda faqatgina O‘zbekistonning o‘zida ishlab chiqarilgan AI-92 markali mahalliy benzin sotilmoqda, xolos. Poytaxt shoxobchalarida xorijiy yoqilg‘ining g‘oyib bo‘lishi Rossiya Federatsiyasining o‘zida kuzatilayotgan keskin yoqilg‘i inqirozi davriga to‘g‘ri keldi.

So‘nggi haftalarda Rossiya hududlarida benzin taqchilligi eng yuqori nuqtaga chiqdi. Bir qator viloyatlarda cheklovlar joriy etilib, bir kishiga faqat 20 litrdan yoqilg‘i berilmoqda va idishlarga quyish taqiqlangan.

Rossiya bozorida benzin narxi rekord darajaga — litriga 126 rublgacha (taxminan 20 ming so‘m) qimmatlashdi. Mutaxassislar buni dronlar hujumi oqibatida neftni qayta ishlash zavodlari (NQIZ) va benzin tashuvchi maxsus texnikalarning shikastlangani hamda logistikadagi jiddiy muammolar bilan izohlamoqda.

Rossiya hukumati ichki bozordagi vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida mamlakatdan tashqariga benzin eksport qilishni rasman taqiqlab qo‘ygan. Toshkentdagi AYoQShda Rossiya yoqilg‘isi qolmagani aynan ushbu eksport cheklovlari va Rossiya ichki bozoridagi taqchillikning to‘g‘ridan-to‘g‘ri oqibati bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish