So‘nggi:
Alisher Qodirov terma jamoaning bir qator futbolchilari bilan xayrlashishga chaqirdiSportFIFA rahbari JCH-2026 tarixdagi eng muvaffaqiyatli jahon chempionati bo‘lganini aytdiSportYil boshidan buyon O‘zbekiston aholisi tijorat banklariga 10 milliard dollardan ortiq valyuta sotdiIqtisodiyotRossiya Ukrainada yangi front ochish uchun Belarusga bosimni kuchaytirdiDunyoToshkentda soxta 10 ming dollarni 6,5 mingga pullamoqchi bo‘lgan shaxs ushlandiJamiyatO‘zbekistonda ayrim haydovchilarga gaz quyish taqiqlanadiJamiyatAQSh Senati Eronga qarshi harbiy harakatlarni to‘xtatish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladiDunyoToshkentda shifoxona xodimi bemor ayolga tegajog‘lik qilgani uchun 5 sutkaga qamaldiJamiyatFarg‘ona viloyatining ikki qishlog‘i teng qiymatli yerlar evaziga Qirg‘iziston tarkibiga o‘tdiJamiyatJCH-2026: O‘zbekiston milliy terma jamoasi Portugaliyaga yirik hisobda imkoniyatni boy berdiSport

Alisher Qodirov terma jamoaning bir qator futbolchilari bilan xayrlashishga chaqirdi

Alisher Qodirov terma jamoaning bir qator futbolchilari bilan xayrlashishga chaqirdi

«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov Portugaliya bilan o‘yindagi yirik mag‘lubiyatdan keyin milliy terma tarkibini keskin tanqid qildi va bir qator futbolchilari bilan xayrlashishga chaqirdi.

Uning fikricha, jamoadagi bir qator tajribali futbolchilar allaqachon terma oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalar darajasiga javob bermay qo‘ygan va ular bilan «xayrlashish» vaqti kelgan.

Siyosatchi milliy terma jamoani Abbosbek Fayzullayev, Abduqodir Husanov va Karimov kabi yosh hamda iqtidorli futbolchilar atrofida qaytadan qurish kerakligini ta’kidladi. Qodirov, shuningdek, O‘zbekiston amalga oshmaydigan quruq umidlardan voz kechishi zarurligini qayd etdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kelgusi jahon chempionatlari yo‘llanmasi uchun munosib kurasha oladigan mutlaqo yangi tarkibni shakllantirish ishlarini hozirning o‘zidayoq boshlash lozim.