So‘nggi:
O‘zbekistondagi Rossiya fuqarolari konsullikka bormasdan “Gosuslugi” orqali hujjat rasmiylashtirishi mumkin bo‘ladiJamiyat1-iyuldan O‘zbekistonda pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 7 foizga oshiriladiJamiyatO‘zbekiston un eksporti bo‘yicha Qozog‘istondan o‘zib ketdiIqtisodiyotO‘zbekistonda davlat organlari xodimlarini sotib olganlik uchun javobgarlik keskinlashtirildiJamiyatSoliq qo‘mitasi aholining banklardagi omonatlari va pul o‘tkazmalari to‘g‘risida ma’lumot olmoqchiJamiyatJanubiy Koreya sobiq adliya vaziri harbiy to‘ntarishga ko‘maklashgani uchun 25 yilga qamaldiDunyoO‘zbekistonda korrupsiyaga qo‘l urganlar reyestri tuzildiSiyosatO‘zbekistonda chilla davri boshlanmoqda — havo harorati 45 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev Qatardagi gaz zavodida yuz bergan portlash munosabati bilan amirga ta’ziya bildirdiSiyosatRossiyada migrantlar uchun xalqaro pul o‘tkazmalariga 3 foizlik soliq joriy etilishi mumkinDunyo

O‘zbekiston un eksporti bo‘yicha Qozog‘istondan o‘zib ketdi

O‘zbekiston un eksporti bo‘yicha Qozog‘istondan o‘zib ketdi

O‘zbekiston Qozog‘iston g‘allasini qayta ishlab, Markaziy Osiyoda un eksporti bo‘yicha yetakchiga aylandi. Afg‘onistonga 1,6 mln tonna mahsulot yetkazib berildi.

O‘zbekiston un eksporti hajmi bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqasida mutlaq yetakchiga aylandi. “APK Novosti” agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yakunlari bo‘yicha mamlakatimiz xorijga qiymati 441,7 million dollarga teng bo‘lgan qariyb 1,6 million tonna bug‘doy uni jo‘natgan va asosiy raqobatchisi Qozog‘istonni ortda qoldirgan.

Iqtisodiyot va agrar soha mutaxassisi Toleutay Rahimbekovning ta’kidlashicha, o‘tgan yili Qozog‘iston Afg‘onistonga 1,05 million tonna un eksport qilgan bir vaqtda, O‘zbekiston ushbu davlatga 1,59 million tonnadan ortiq mahsulot yetkazib bergan. Buning uchun o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar Qozog‘istondan 2,2 million tonna xomashyo (g‘alla) xarid qilib, uni o‘z hududida qayta ishlagan. Ekspertlarning hisob-kitobiga ko‘ra, har bir tonna donni qayta ishlash mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shimcha 50 dollar qiymat, soliq tushumlari va yangi ish o‘rinlarini taqdim etadi.

2025-yilda o‘zbek un eksporti asosan quyidagi qo‘shni davlatlar hisobiga shakllandi:

  • Afg‘oniston — 1 590 193 tonna;

  • Tojikiston — 607 tonna;

  • Qirg‘iziston — 356,4 tonna;

  • Turkmaniston — 174 tonna.

Qozog‘istonlik don qayta ishlovchilar uyushmasi rahbariyati mamlakat ichida xomashyo eksporti va uni qayta ishlash o‘rtasidagi balans buzilgani sababli bozor qisman boy berilganini tan olgan.