So‘nggi:
Toshkent avtobuslarida konditsionerlarni yoqish bo‘yicha majburiy harorat talabi belgilandiJamiyatMyunxenda ikkita yuk poyezdi to‘qnashib ketdi, vagonlar ko‘prikdan quladiDunyoBekobodda ayolni o‘ldirib, hovliga ko‘mgan erkak 15,5 yilga qamaldiJamiyatO‘zbekiston rapid bo‘yicha jahon chempionatida 8-o‘rinni egalladi, Sindarov Karlsenni yutdiSportYaponiya chet elliklar uchun viza narxini so‘nggi 48 yilda ilk bor besh barobarga oshirmoqdaDunyoDominikandagi kurortda mudhish yong‘in: 1 kishi qurbon bo‘ldi, 1700 sayyoh ko‘chirildiDunyoO‘zbekiston — Kolumbiya o‘yini JChda muxlis tashrifi bo‘yicha rekord o‘rnatdiSportO‘zbekiston TIV AQSH va Eron memorandumini yirik diplomatik yutuq deb baholadiDunyoToshkentda uxlab qolgan yo‘lovchiga tegajog‘lik qilgan taksi haydovchisi 5 sutkaga qamaldiJamiyatO‘zbekiston yerosti boyliklarining umumiy qiymati 3 trln dollarga baholandiSiyosat

Myunxenda ikkita yuk poyezdi to‘qnashib ketdi, vagonlar ko‘prikdan quladi

Myunxenda ikkita yuk poyezdi to‘qnashib ketdi, vagonlar ko‘prikdan quladi

Bugun, 20-iyun kuni Germaniyaning Myunxen shahrida mudhish temiryo‘l halokati qayd etildi. Ikkita yuk poyezdining o‘zaro to‘qnashishi oqibatida bir nechta vagon relsdan chiqib, ko‘prikdan pastga qulab tushdi. Reuters agentligining xabar berishicha, ushbu og‘ir hodisa oqibatida bir kishi jiddiy jarohatlanib shifoxonada vafot etdi.

Myunxen huquq-tartibot idoralarining BILD nashriga ma’lum qilishicha, voqea tungi soat 01:40 atrofida Milbertshofen tumanidagi Shlaysxaymer shtrasse ko‘chasi ustidan o‘tgan temiryo‘l ko‘prigida yuz bergan. Ikki yuk tarkibi manyovr ishlarini bajarayotgan vaqtda to‘qnashuv kelib chiqqan va poyezdlardan birining bo‘sh vagonlari pastdagi avtomobil yo‘liga qulagan. Voqea joyida zudlik bilan politsiya, qutqaruvchilar va tibbiyot xodimlari ish boshladi.

Deutsche Bahn (Germaniya temiryo‘llari) vakilining tushuntirishicha, mazkur relslar faqat yuk poyezdlari harakati uchun mo‘ljallangan bo‘lib, yo‘lovchi poyezdlari qatnoviga ta’sir ko‘rsatmagan. Hozircha to‘qnashuvning aniq sabablari keltirilmagan, surishtiruv jarayonlari olib borilmoqda. Hozirda vagonlarni kranlar yordamida ko‘tarish va hududni tozalash ishlari ketmoqda. Ko‘prik ostidagi ko‘cha har ikki yo‘nalishda ham transportlar uchun yopilgan bo‘lib, tozalash ishlari 21-iyungacha davom etishi mumkin.