Ishlaydigan onalar uchun yangi nafaqa joriy etiladiJamiyatO‘zbekistonda 8,9 mingdan ortiq hokim yordamchisi qayta baholashdan o‘tkaziladiJamiyatMarkaziy Osiyo mamlakatlari va Tailand: Kimga bezviz tegdi?JamiyatRossiya aeroportlaridagi cheklovlar sabab Uzbekistan Airways samolyoti Toshkentga qaytdiJamiyatTailand vizasini olish uchun O‘zbekiston fuqarolari Moskvaga borishiga to‘g‘ri keladiJamiyatToshkentda xalqaro yarim marafon sababli 12 ta markaziy ko‘chada harakat cheklanadiJamiyatO‘zbekistonda ommaviy biznes ro‘yxatdan o‘tkaziladiIqtisodiyotO‘zbekistonda ob-havo o‘zgarib, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi va harorat pasayadiJamiyatO‘zbekistondan deklaratsiyasiz olib chiqiladigan naqd valyuta cheklovi 10 ming dollargacha oshiriladiJamiyatO‘zbekistonda Islom Karimov vafotining 10 yilligi munosabati bilan xotira marosimlari o‘tkazildiSiyosat

O‘zbekiston — Kolumbiya o‘yini JChda muxlis tashrifi bo‘yicha rekord o‘rnatdi

O‘zbekiston — Kolumbiya o‘yini JChda muxlis tashrifi bo‘yicha rekord o‘rnatdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Kolumbiyaga qarshi kechgan debyut o‘yini «Asteka» stadionida 80 mingdan ortiq muxlisni jamladi va ochilish o‘yini bilan birga 1-tur rekordini o‘rnatdi.

Mexikodagi mashhur va tarixiy «Asteka» o‘yingohida o‘tkazilgan mazkur o‘yinni tomosha qilish uchun jami 80 824 nafar ishqiboz tashrif buyurdi.

Ushbu ko‘rsatkich evaziga O‘zbekiston va Kolumbiya terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuv turnirning ochilish marosimidan keyin o‘tgan Meksika hamda JAR termalari o‘rtasidagi dastlabki o‘yin bilan bir xil natija qayd etdi va 1-turning eng yuqori ko‘rsatkichiga ega bahsi sifatida yetakchilikni qo‘lga kiritdi.

Birinchi haftaning eng ko‘p tomoshabin yig‘gan beshta markaziy o‘yinlari ro‘yxatidan, shuningdek, Braziliya — Marokash (80 663 tomoshabin) va Fransiya — Senegal (80 545 tomoshabin) to‘qnashuvlari ham joy oldi.

Kuchli beshlikni 70 492 nafar ishqiboz ko‘z o‘ngida o‘tgan AQSH va Paragvay jamoalarining uchrashuvi yakunlab berdi. Bundan tashqari, Angliya va Xorvatiya termalari o‘yinini 70 389 nafar, Portugaliya hamda Kongo DR bahsini esa 68 777 nafar muxlis bevosita o‘yingohning o‘zidan kuzatgani ma’lum qilindi.