So‘nggi:
Toshkent viloyatida qiymati 3 mlrd dollarlik yangi xalqaro aeroport quriladiJamiyatO‘zbekiston Yevropa soliq ma’muriyatlari tashkilotining assotsiatsiyalangan a’zosi bo‘ldiSiyosatO‘zbekiston JCH-2026dagi debyut uchrashuvida Kolumbiyaga imkoniyatni boy berdiSportTerma jamoaning JCHdagi o‘yini kuni davlat tashkilotlarida ish soat 10:00 dan boshlanadiJamiyatFrank-Valter Shtaynmayer rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldiJamiyatTop-500 OTM bitiruvchilariga NNTlarda ishlaganlik uchun 15 BRVgacha ustama to‘lanadiJamiyatToshkentda «Evropa Plyus O‘zbekiston» radiosi Oriat FM o‘rnida ish boshladiJamiyatG7 davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga va’da berdiDunyoJCHdagi birinchi o‘yin sabab o‘zbekistonliklarga dam olish kuni berish taklif qilindiSportO‘zbekistonda Amazon Leo kompaniyasining yuqori tezlikdagi sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushiriladiJamiyat

O‘zbekiston JCH-2026dagi debyut uchrashuvida Kolumbiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘zbekiston JCH-2026dagi debyut uchrashuvida Kolumbiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCHdagi tarixiy ilk o‘yinida Mexikodagi «Atsteka» stadionida Kolumbiyaga 1:3 hisobida yutqazdi. Tarixiy golimizni Abbosbek Fayzullayev urdi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatlari tarixidagi o‘zining ilk uchrashuvini o‘tkazdi. «K» guruhi 1-turi doirasida Mexikodagi mashhur «Atsteka» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda vakillarimiz Kolumbiyaga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Janubiy amerikaliklar 40-daqiqada Daniel Munyosning goli evaziga hisobni ochishdi. Tanaffusda hamyurtlarimiz chap qanotni kuchaytirish uchun ikkita o‘zgarishni amalga oshirishdi: Sherzod Nasrullayev va Oston O‘runov o‘rniga Farruh Sayfiyev hamda Dostonbek Hamdamov maydonga tushdi.

60-daqiqada quvonchli voqea yuz berdi: Abbosbek Fayzullayev O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatlari tarixidagi birinchi golini urdi. Yarim himoyachi darvozabon qaytargan to‘pga birinchi bo‘lib yetib keldi va uni boshi bilan darvozaga joyladi — 1:1.

Biroq 65-daqiqada sardor Eldor Shomurodovning markazdagi xatosidan so‘ng kolumbiyaliklar tezkor qarshi hujumga o‘tishdi va Luis Dias jamoasini yana oldinga olib chiqdi. O‘yin yakunida Xaminton Kampas boshi bilan zarba berib, yakuniy hisobni olingan qildi — 1:3. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Behruz Karimovning uzoqdan yo‘llagan kuchli zarbasi darvoza to‘siniga tegib qaytdi.