So‘nggi:
Frank-Valter Shtaynmayer rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldiJamiyatTop-500 OTM bitiruvchilariga NNTlarda ishlaganlik uchun 15 BRVgacha ustama to‘lanadiJamiyatToshkentda «Evropa Plyus O‘zbekiston» radiosi Oriat FM o‘rnida ish boshladiJamiyatG7 davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga va’da berdiDunyoJCHdagi birinchi o‘yin sabab o‘zbekistonliklarga dam olish kuni berish taklif qilindiSportO‘zbekistonda Amazon Leo kompaniyasining yuqori tezlikdagi sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushiriladiJamiyatMirziyoyev TMIFda 6 ta ustuvor yo‘nalishni belgiladiJamiyatO‘zbek amaldorlari uchun korrupsiyaga qarshi noodatiy qamoqxona ekskursiyasi tashkil etildiJamiyatJismoniy shaxslar uchun uch barobar miqdordagi yer solig‘i bekor qilindiJamiyatKo‘ksaroyda Ziroat Mirziyoyeva va Albaniya birinchi xonimining uchrashuvi bo‘lib o‘tdiSiyosat

G7 davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga va’da berdi

G7 davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga va’da berdi

«Katta yettilik» davlatlari Evian-le-Bendagi sammit yakunlariga ko‘ra Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga va Ukrainaga harbiy yordamni davom ettirishga kelishib oldi.

Cheklovlar birinchi navbatda Rossiyaning neft-gaz sektoriga qaratiladi. Bu haqda 17-iyunga o‘tar kechasi e’lon qilingan G7 yakuniy bayonotida so‘z boradi.

Hujjatda qayd etilishicha, ishtirokchi davlatlar Rossiya harbiy iqtisodiyotiga bo‘lgan bosimni oshirish majburiyatini olgan va buning uchun yangi cheklovchi choralarni qo‘llashga sharoit yetarli deb hisoblaydi. Shuningdek, bayonotda AQSh va Eron o‘rtasida jahon neft va gaz savdosining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan Ormuz bo‘g‘ozi orqali kemalar qatnovini ta’minlash bo‘yicha kelishuvga erishilgani ham qayd etilgan.

Bundan tashqari, «yettilik» davlatlari Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi. Kievga havo hujumidan mudofaa tizimlari, raketalar, uzoq masofali qurollar va boshqa harbiy texnikalar yetkazib berish davom ettiriladi. Hatto Ukraina hududining o‘zida mudofaa mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish uchun litsenziyalar berish imkoniyati ham ko‘rib chiqilmoqda. G7 mamlakatlari, shuningdek, Kievga qishki mavsum oldidan energetika infratuzilmasini tiklashda ham ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi. Ma’lumot uchun, «Katta yettilik» tarkibiga AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya va Kanada kiradi.