So‘nggi:
O‘zbekistonliklar uchun Belarusda tashqi mehnat faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha tashkillashtirilgan qabul boshlandiIqtisodiyotEron Ukrainani savdo kemasiga hujumda aybladi va javob qaytarishini ma’lum qildiDunyoO‘zbekistonda eng ko‘p nikohdan ajralishlar Toshkent shahrida qayd etilgani ma’lum bo‘ldiJamiyatO‘zbekistonda tibbiyot xodimlarining farzandlariga kontrakt to‘lovini qoplash uchun subsidiyalar berish boshlandiJamiyatIsroil G‘azo sektoriga xorijiy xavfsizlik kuchlarini kiritishga rozi bo‘ldiDunyoO‘zbekistonda iyul oyining so‘nggi haftasida anonomal issiq va chang-to‘zonlar kutilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda o‘rtacha oylik maosh 7,1 mln so‘mga yetdiIqtisodiyotO‘zbekistonda yarim yilda 2,3 mingga yaqin YTH qayd etildiJamiyatPutin oilasini ta’minlay olmagan migrantlar Rossiyani tark etishini nazarda tutuvchi qonunni imzoladiDunyoToshkentdagi bekatda 32 yoshli kuryer o‘zini osib o‘ldirdiJamiyat

O‘zbekistonda to‘lov tashkilotlarini litsenziyalash qoidalari kuchaytirildi

O‘zbekistonda to‘lov tashkilotlarini litsenziyalash qoidalari kuchaytirildi

Markaziy bank boshqaruvi to‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibiga o‘zgartirishlar kiritdi. Endi yakuniy benefitsiar egalarini oshkor qilish majburiy bo‘ladi.

O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi to‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritdi. Markaziy bank boshqaruvining tegishli qarori Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlar to‘lov xizmatlari sohasida shaffoflikni oshirish, mulkchilik tuzilmasiga aniqlik kiritish hamda tarmoqda nazorat mexanizmlarini kuchaytirishga qaratilgan.

Yakuniy mulkdorlarni oshkor qilish majburiyati Asosiy o‘zgarishlardan biri nizomga “benefitsiar egasi”tushunchasining kiritilishi bo‘ldi. Unga ko‘ra, benefitsiar egasi — to‘lov tizimi operatori yoki to‘lov tashkilotiga yakuniy bosqichda egalik qiluvchi yoxud uni nazorat qiluvchi jismoniy shaxsdir.

Yangi talablarga muvofiq, litsenziya olish jarayonida taqdim etiladigan ma’lumotlar tarkibi kengaytirildi:

  • Ilgari faqat muassislar va aksiyadorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish kifoya edi;

  • Endilikda yakuniy benefitsiar egalari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish ham majburiy etib belgilandi.

Kuchga kirish muddati Mulkchilik tuzilmasini oshkor qilishga oid ushbu yangi qoidalar darhol kuchga kirmaydi. Markaziy bank boshqaruvining mazkur qarori rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tgach kuchga kirishi belgilangan. Bu esa bozordagi mavjud ishtirokchilar va litsenziya olish istagida bo‘lgan ariza beruvchilarga zaruriy hujjatlarni tayyorlash uchun muddat beradi.