So‘nggi:
Rossiya benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni 2026-yil oxirigacha uzaytirdiDunyoVoyaga yetmagan qizni zo‘rlagan sobiq IIB inspektori 15 yilga qamaldiJamiyatSoliq qo‘mitasi raisining sobiq birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzaevga 8 yildan ortiq qamoq jazosi tayinlandiSiyosat“Ukraina ertami-kechmi g‘arbiy yerlarini yo‘qotadi” — Vladimir PutinDunyoSherzod Xodjayev Energetika vaziri lavozimiga ma’qullandiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Belarusda tashqi mehnat faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha tashkillashtirilgan qabul boshlandiIqtisodiyotEron Ukrainani savdo kemasiga hujumda aybladi va javob qaytarishini ma’lum qildiDunyoO‘zbekistonda eng ko‘p nikohdan ajralishlar Toshkent shahrida qayd etilgani ma’lum bo‘ldiJamiyatO‘zbekistonda tibbiyot xodimlarining farzandlariga kontrakt to‘lovini qoplash uchun subsidiyalar berish boshlandiJamiyatIsroil G‘azo sektoriga xorijiy xavfsizlik kuchlarini kiritishga rozi bo‘ldiDunyo

Dunyo korrupsiya reytingi e’lon qilindi: O‘zbekiston 124-o‘rinni egalladi

Dunyo korrupsiya reytingi e’lon qilindi: O‘zbekiston 124-o‘rinni egalladi

Transparency International ma’lumotlari asosida tayyorlangan korrupsiya reytingida O‘zbekiston 31 ball to‘pladi. Daniya dunyoda eng toza, Janubiy Sudan esa eng korrupsiyalashgan davlat deb topildi.

Mamlakat korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha o‘z pozitsiyasini biroz yaxshilagan bo‘lsa-da, sohada hali ham jiddiy muammolar saqlanib qolmoqda.

Tadqiqotda mamlakatlarga 0 dan 100 gacha bo‘lgan shkala bo‘yicha ball berildi. Bunda 0 ball korrupsiya darajasi juda yuqori ekanini, 100 ball esa korrupsiyadan butunlay xoli ekanini anglatadi. Dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkich 42 ballni tashkil etgan bo‘lsa, dunyo davlatlarining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘i ushbu ko‘rsatkichdan pastroq ball to‘pladi. Ekspertlarning ta’kidlashicha, sud tizimining mustaqil emasligi va demokratiyaning kuchsizligi global miqyosda korrupsiyaning kuchayishiga asosiy sabab bo‘lmoqda.

Mintaqa davlatlari orasida eng yaxshi ko‘rsatkichni Qozog‘iston qayd etgan bo‘lsa, eng yomon natija Turkmanistonda kuzatilgan. Markaziy Osiyo mamlakatlari reytingda quyidagicha joylashdi:

  • Qozog‘iston — 38 ball bilan 96-o‘rinda;

  • Qirg‘iziston — 26 ball bilan 142-o‘rinda;

  • Tojikiston — 19 ball bilan 166-o‘rinda;

  • Turkmaniston — 17 ball bilan 167-o‘rinda.

Dunyoning eng kam korrupsiyalashgan davlatlari ro‘yxatini yana Daniya (89 ball) boshqarib bormoqda. Keyingi yuqori o‘rinlarni Finlyandiya (88 ball), Singapur (84 ball), Yangi Zelandiya (81 ball), Norvegiya (81 ball) va Shvetsiya (80 ball) egalladi. Ro‘yxatning eng quyi qismidan uzoq yillardan beri harbiy mojarolar va ichki inqirozlarni boshdan kechirayotgan davlatlar joy oldi, eng yomon ko‘rsatkichni esa Janubiy Sudan (9 ball, 181-o‘rin) qayd etdi.