O‘zbekistonda AEXda radiatsiyaviy avariya yuz berganda harakatlanish reglamenti tasdiqlandiJamiyatToshkentda uylarni noqonuniy ijaraga berish bo‘yicha ommaviy reydlar boshlandiJamiyatQozog‘iston chet elliklar uchun pullik kirish tartibini joriy etmoqdaDunyoO‘zbekiston va Hindiston vizasiz rejim joriy etadi va strategik sheriklikni kengaytiradiJamiyat1-sentabrdan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar o‘zgaradi?JamiyatMaktablarda an’anaviy baholar o‘rnini 100 ballik tizim egallaydiJamiyatAQShning yana uchta shahrida O‘zbekiston Mustaqillik kuni rasman bayram deb e’lon qilindiDunyoBiznes birinchi xatolik uchun jarima va takroriy tekshiruvlardan xalos etiladiIqtisodiyotO‘zbekistonga ko‘chib keluvchilar soni bir yilda 2,5 baravarga oshdiJamiyatRossiyada benzin ishlab chiqarish ehtiyojning 70 foizigacha tushib ketdi — ReutersJamiyat

MobiUz’dagi davlat ulushi AQSHning McKim and Company konsorsiumiga 351 mln dollarga sotildi

MobiUz’dagi davlat ulushi AQSHning McKim and Company konsorsiumiga 351 mln dollarga sotildi

Amerikaning McKim and Company kompaniyasi boshchiligidagi konsorsium MobiUz mobil operatorining davlat ulushini sotib oldi. Investorlar tarmoqni rivojlantirishga yana 500 mln dollar tikishadi.

Bitim qiymati 351 million dollarni tashkil etdi. Ekspertlar ushbu kelishuvni Markaziy Osiyo telekom bozorida so‘nggi vaqtlardagi eng yirik voqelik deb baholamoqda.

Biroq investorlarning xarajatlari faqatgina aksiyalarni sotib olish bilan cheklanmaydi. Shartnoma shartlariga ko‘ra, konsorsium o‘z zimmasiga qat’iy investitsiyaviy majburiyatlarni olgan. Unga ko‘ra, aloqa infratuzilmasini rivojlantirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish va yangi texnologiyalarni joriy etish uchun yana 500 million dollargacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritilishi kerak.

Telekom sohasi kabi strategik tarmoqqa Amerika kapitalining kirib kelishi O‘zbekistonning umumiy investitsiya muhiti uchun ijobiy signal hisoblanadi. MobiUz operatorining o‘zi uchun esa bu pullar keng ko‘lamli texnologik yangilanish va bozor drayveriga aylanish imkoniyatini anglatadi.

Oddiy iste’molchilar uchun kuchli xalqaro tajribaga ega xususiy aksiyadorning kelishi mobil aloqa bozorida raqobatni kuchaytirishi bilan ahamiyatlidir. Kuchli raqobat bor joyda esa doim internet tezligi oshadi, aloqa qamrovi yaxshilanadi va eng muhimi — hamyonbop hamda moslanuvchan tarif rejalari paydo bo‘ladi. Mamlakat telekom bozorini jiddiy o‘zgarishlar kutmoqda.