So‘nggi:
Toshkentdagi YTHda halok bo‘lgan 29 yoshli YHXB motoguruhi komandiri Qo‘qonda dafn etildiJamiyatJismoniy shaxslarga yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha imtiyoz olishning elektron tartibi joriy etildiIqtisodiyotRossiyadagi Wildberries omborlariga dronlar orqali shiddatli hujum uyushtirildiDunyoToshkentda so‘nggi 28 yildagi eng yuqori issiqlik ko‘rsatkichi qayd etilishi mumkinJamiyatRustam Jo‘rayev Prezident davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandiSiyosatIssiq sababli Toshkent shahri va viloyatida 8 mingdan ortiq iste’molchi chiroqsiz qoldiJamiyatAnomal issiq kunlarda tez yordamga kelib tushgan chaqiriqlar soni ochiqlandiJamiyatDunyoga mashhur reper Kanye Vest Olmaotada konsert beradiDunyoRossiyada migrantlarga smartfon sotib olish majburiyati yuklanishi mumkinDunyoO‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritishdiSport

Oʻzbekiston benzin importini ikki baravarga oshirdi

Oʻzbekiston benzin importini ikki baravarga oshirdi

2026-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonga import qilingan benzin hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan roppa-rosa ikki baravarga koʻpaydi. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi taqdim etgan statistik maʼlumotlarda keltirilgan.

Dastlabki toʻrt oy yakunlariga koʻra, respublikaga chet eldan umumiy qiymati 327,1 million dollarni tashkil etuvchi 568,7 ming tonna avtobenzin olib kelingan. Bunda import qilingan yoqilgʻining har bir tonnasi oʻrtacha 575 dollardan aylanmoqda. Taqqoslash uchun keltirilsa, 2025-yilning mos davrida xorijdan 163,6 million dollar evaziga 280,7 ming tonna yoqilgʻi xarid qilingan edi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, import bilan bir vaqtda mamlakat ichkarisida ham benzin ishlab chiqarish koʻrsatkichlari ijobiy tomonga oʻzgarmoqda. Xususan, yanvar-aprel oylarida mahalliy zavodlar tomonidan 417,5 ming tonna avtobenzin ishlab chiqarildi. Bu oʻtgan yilgiga qaraganda 27,5 ming tonnaga yoki 7 foizga koʻproq demakdir.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida 2025-yil sentyabr oyidan boshlab Ai-80 markali benzinni ishlab chiqarish hamda birja orqali savdoga chiqarish butunlay toʻxtatilgan edi. Hozirda “Oʻzbekneftgaz” korxonalari bosqichma-bosqich xalqaro standartlarga mos keladigan yuqori oktanli (Ai-92 va undan yuqori) yoqilgʻi turlarini ishlab chiqarishga oʻtmoqda.