So‘nggi:
Toshkentda xususiy klinika shifokori amaliyotchi qizlarga shilqimlik qilgani uchun qamaldiJamiyatSurxondaryoda guvohnomasiz o‘smirlarning yo‘ldagi poygasi ikki kishining o‘limiga sabab bo‘ldiJamiyatEnergetika vazirligi O‘zbekistonda qachon chiroq o‘chishi to‘xtashini aytdiIqtisodiyotToshkentdagi Bo‘zsuv kanali bo‘yida daraxtlarni kesmasdan yirik ekopark barpo etiladiJamiyatSho‘rtan gaz-kimyo majmuasi loyihasidan 643 milliard so‘m budjet mablag‘i o‘g‘irlandiIqtisodiyotToshkent markazida BYD svetoforning qizil chirog‘iga chiqib avtobus bilan to‘qnashdiJamiyatSanepidqo‘m Ebola virusining O‘zbekistonga kirib kelish xavfini baholadiJamiyatJazirama issiqda uydagi haroratni konditsionersiz tushirish chorasi ma’lum bo‘ldiJamiyatToshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqdaJamiyatAndijonda Soliq Mobile ilovasi orqali 35,1 milliard so‘mlik keshbek mablag‘lari o‘marildiJamiyat

Energetika vazirligi O‘zbekistonda qachon chiroq o‘chishi to‘xtashini aytdi

Energetika vazirligi O‘zbekistonda qachon chiroq o‘chishi to‘xtashini aytdi

O‘zbekiston energetika tizimining barqaror ishlashi va chiroq o‘chishlariga butunlay barham berilishi ko‘p jihatdan iste’molchilarning tejamkorligiga bog‘liq. Bu haqda vazirlik mas’ul xodimi maxsus podkast loyihasidagi chiqishida gapirib o‘tdi, deb yozadi Spot nashri.

Tarmoqlarni qachon to‘liq ta’mirlab, avariyalarga chek qo‘yilishi haqidagi savolga javob berar ekan, Energetika vazirligi bosh mutaxassisi Elbek Saidov rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasiga e’tibor qaratish lozimligini aytdi.

Vazirlik vakilining qayd etishicha, O‘zbekiston bugungi kunda rivojlanayotgan davlatlar safida bo‘lsa-da, aholi o‘z talablarini eng ilg‘or mamlakatlar darajasi bilan solishtirmoqda. Biroq o‘sha AQSH yoki Yevropa davlatlarida ham elektr energiyasidan maksimal darajada tejamkorlik va oqilona reja asosida foydalaniladi.

Huda-behudaga energiya sarflashga misol tariqasida tungi ko‘cha chiroqlari keltirildi. Ko‘p hollarda harakat kam bo‘lgan kechki vaqtlarda ham yo‘llardagi yoritish tizimlari to‘liq quvvatda ishlashda davom etadi. Mulozim bunday paytda chiroqlarni kamaytirib, har uchinchi fonarni yoqib qo‘yishni taklif etmoqda.

Ekspertlarning hisob-kitobiga ko‘ra, iste’mol tizimi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, umumiy tarmoqqa tushadigan yuklama kamayadi va uskunalar ko‘proq xizmat qiladi. Eslatib o‘tamiz, mazkur bayonotlar 1-iyundan boshlab respublikada aholi uchun svet va gaz narxlari oshirilishi ortidan yangradi.