So‘nggi:
Yaponiyada aholi soni rekord darajada qisqardiDunyoJeff Bezosning Oyga uchadigan raketasi sinov parvozi oldidan portlab ketdiDunyoAQSHda Donald Tramp tasviri tushirilgan 250 dollarlik banknot chiqarilishi mumkinDunyoShavkat Mirziyoyev YOII sammitida hamkorlikning 5 ta asosiy yo‘nalishini ma’lum qildiSiyosatRossiyada markaziy osiyolik migrantlarga qarshi reyd o‘tkazildiJamiyatOpenAI rahbari sun’iy intellekt ish o‘rinlarini yo‘q qilmasligini aytdiDunyoDunyodagi eng qimmat davlat nomi e’lon qilindiDunyoShavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ostonaga boradiSiyosatAlisher Qodirov o‘qituvchilarni tarbiya berish majburiyatidan ozod qilishni taklif etdiJamiyatRossiya Ukrainadagi urushda yarim million askarini yoʻqotdi — Britaniya razvedkasiDunyo

Dunyodagi eng qimmat davlat nomi e’lon qilindi

Dunyodagi eng qimmat davlat nomi e’lon qilindi

Islandiya turizm bumu ortidan Shveysariyani ortda qoldirib dunyoning eng qimmat davlatiga aylandi. Mamlakatda narxlar Yevropa o‘rtacha ko‘rsatkichidan 84 foizga yuqori.

Islandiya uzoq yillik tanaffusdan so‘ng Shveysariyani ortda qoldirib dunyodagi eng qimmat mamlakatga aylandi. Eurostat statistika agentligi hamda Islandiya Markaziy banki ma’lumotlariga tayanib Bloomberg agentligi xabar berishicha hozirda ushbu shimoliy o‘lkadagi umumiy narx navo darajasi Shveysariyadagidan uch foiz punktga yuqorilab ketgan. Bunday holat oxirgi marta 2018 yilda kuzatilgan edi. Iqtisodchilarning ta’kidlashicha pandemiyadan keyingi davrda turizm sohasining keskin o‘sishi mamlakat iqtisodiyotining tezkor tiklanishiga hamda ichki bozorda narxlarning shiddat bilan oshishiga asosiy sabab bo‘ldi.

Sayyohlar oqimining ko‘payishi xizmat ko‘rsatish sohasidagi inflyatsiyani kuchaytirib, ish haqining ko‘tarilishiga va uy joy narxlarining qimmatlashishiga olib keldi. Chunki xorijlik mehmonlar turar joy ijarasi borasida mahalliy aholi bilan jiddiy raqobatlashmoqda. Hozirgi vaqtda Islandiyadagi narxlar Yevropaning 27 ta mamlakatidagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 84 foizga yuqori bo‘lib, oziq ovqat mahsulotlari 44 foizga, go‘sht esa 71 foizga qimmatroq sotilmoqda. Mutaxassislar doimiy inflyatsiya bosimidan qutulish uchun iqtisodiyotni faqat turizmga bog‘lab qo‘ymasdan boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarini ham rivojlantirish zarurligini aytmoqda.