So‘nggi:
O‘zbekistondagi har sakkizinchi kilovatt elektr energiyasi maxsus zaxiradan olinmoqdaIqtisodiyotO‘zbekistonda 2030-yilgacha beshta yangi sel-suv ombori quriladiJamiyatBMT Isroil va Rossiyani urush hududlaridagi jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha qora ro‘yxatga kiritdiDunyoO‘zbekiston aholisi 2050-yilga kelib 52 milliondan oshadiJamiyatToshkentda 4 kishilik oila ijarasiz yashashi uchun oyiga 23.5 million so‘m kerakligi aytildiJamiyatYaponiyada aholi soni rekord darajada qisqardiDunyoJeff Bezosning Oyga uchadigan raketasi sinov parvozi oldidan portlab ketdiDunyoAQSHda Donald Tramp tasviri tushirilgan 250 dollarlik banknot chiqarilishi mumkinDunyoShavkat Mirziyoyev YOII sammitida hamkorlikning 5 ta asosiy yo‘nalishini ma’lum qildiSiyosatRossiyada markaziy osiyolik migrantlarga qarshi reyd o‘tkazildiJamiyat

O‘zbekistonda kichik biznes uchun umumiy soliqqa o‘tish mezoni rasman oshirildi

O‘zbekistonda kichik biznes uchun umumiy soliqqa o‘tish mezoni rasman oshirildi

Prezident farmoni bilan 1 iyundan boshlab kichik biznes uchun umumiy soliqqa o‘tish chegarasi 4.944 milliard so‘mga oshirildi va xizmat ko‘rsatish sohasiga 6 foizlik QQS stavkasi berildi.

Joriy yilning 1 iyunidan boshlab ushbu mezon amaldagi 1 milliard so‘mdan bazaviy hisoblash miqdorining 12 ming baravari ya’ni 4.944 milliard so‘mgacha oshiriladi. Ilgari amal qilgan tartib 2019 yilda belgilangan bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida narxlarning sezilarli darajada o‘sishi natijasida tadbirkorlar aylanma mablag‘ ushbu chegaraga yaqinlashganda biznesni sun’iy ravishda bo‘lish yoki cheklarni bermaslik kabi usullarga o‘tib ketayotgan edi.

Bundan tashqari yangi hujjat bilan umumiy ovqatlanish, savdo hamda xizmat ko‘rsatish sohalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashning alohida soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi.

Yangi qoidalarga ko‘ra tadbirkorlar o‘z ixtiyoriga ko‘ra 6 foizlik stavkada qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashni tanlab, foyda solig‘idan butunlay ozod etilishlari yoki avvalgidek umumiy tartibda ishlashni davom ettirishlari mumkin. Davlat soliq qo‘mitasi bir oy muddat ichida savdo cheklari va elektron hisob varaq fakturalarda 6 foizlik soliqni hisoblash tizimini ishlab chiqadi hamda ushbu yengillik 2030 yilning 1 yanvariga qadar amalda bo‘ladi.