O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Shavkat Mirziyoyev Boku sammitida Xalqaro aqlli shaharlar alyansini tuzishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev Boku sammitida Xalqaro aqlli shaharlar alyansini tuzishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev Bokuda o‘tgan Butunjahon urbanizatsiya forumida ishtirok etib, «Aqlli shaharlar xalqaro alyansi»ni tuzish va 2030-yilgi forum rejasini taqdim etdi.

Davlatimiz rahbari o‘z nutqida XXI asr o‘rtalariga borib jahon aholisining qariyb 70 foizi shaharlarda yashashini, biroq hozirning o‘zida dunyoda 3 milliardga yaqin inson munosib uy-joy sharoitiga ega emasligini ta’kidlab, urbanizatsiya jarayonlari global barqarorlikka Bevosita ta’sir ko‘rsatayotganini qayd etdi.

Yangi O‘zbekiston uchun shaharlarni tizimli rivojlantirish strategik vazifa bo‘lib, yaqin 15 yilda mamlakat aholisi 50 million kishiga yetishi, urbanizatsiya darajasi esa 51 foizdan 65 foizga ko‘tarilishi kutilmoqda. Oxirgi o‘n yillikda respublikada yillik uy-joy qurilishi hajmi 10 barobarga ortdi.

Xususan, o‘tgan yili 238 mingta turar joy obyekti topshirilgan bo‘lsa, 2030-yilga borib bu ko‘rsatkich yana 1,5 barobarga ko‘payadi va davlat budjetidan arzon uy-joy dasturlariga har yili qariyb 2 milliard dollar yo‘naltiriladi. Shuningdek, noqonuniy uylar muammosini hal etish bo‘yicha yangi qonun asosida 100 mingga yaqin xonadon hujjati rasmiylashtirildi, renovatsiya dasturlari esa eskirgan uy-joy fondini yangilash ulushini 15 foizdan 60 foizgacha oshirishni ko‘zda tutadi. Shu bilan birga, «Yashil makon» va «Toza havo» dasturlari doirasida shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish darajasini 30 foizga yetkazish vazifasi qo‘yilgan bo‘lib, bu jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun Milliy urbanizatsiya qo‘mitasi tashkil etildi.

Prezident o‘z nutqida «yashil», «aqlli» va «15 daqiqalik shahar» tamoyillari asosida barpo etilayotgan, birinchi bosqich investitsiyalari 25 milliard dollardan oshgan «Yangi Toshkent» megaloyihasini alohida qayd etdi. Bunday zamonaviy massivlar soni hududlarda 2030-yilgacha 100 taga yetkaziladi.

Global miqyosdagi hamkorlikni kuchaytirish uchun Shavkat Mirziyoyev bir qator xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi. Jumladan, kichik va o‘rta shaharlarni muvozanatli rivojlantirish tamoyillarini joriy etish, raqamli boshqaruv bo‘yicha tajriba almashish uchun «Aqlli va xavfsiz shaharlar xalqaro alyansi»ni tuzish taklif etildi.

Shuningdek, uy-joy qurilishiga investitsiya jalb qilish bo‘yicha 2027-yil Samarqandda xalqaro forum o‘tkazish, BMT-Xabitatning «Yashil shahar» xalqaro mukofotini ta’sis etish hamda Butunjahon urbanizatsiya forumining 15-sessiyasini 2030-yilda «Yangi Toshkent»da tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish