So‘nggi:
Sobiq imom va «Rayxon» brendi asoschisi Odilxon Ismoilov 8 yilga qamaldiJamiyatRossiyada ayollarga harbiy komissariatdan chaqiruv qog‘ozlari yuborilmoqdaDunyoXorijiy turoperatorlarga O‘zbekiston fuqarolariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tur sotish taqiqlanishi mumkinIqtisodiyotFarg‘onada o‘z farzandini sotmoqchi bo‘lgan er-xotin 5 yilga qamaldiJamiyatToshkentning qator hududlarida tunda issiq suv harorati pasaytiriladiJamiyatJCH-2026 o‘yinlariga 6,8 million tomoshabin tashrif buyurdi va yangi rekord o‘rnatildiSportJazirama issiq havo 21-iyuldan boshlab O‘zbekistonni tark etadiJamiyatToshkent viloyati va Vodiyning tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi e’lon qilindiJamiyatO‘zbekistonda anomal issiq sababli turizm sohasi uchun «siesta» joriy etilishi mumkinIqtisodiyotIspaniya Argentinani mag‘lub etib, JCH-2026 chempioniga aylandiSport

Shavkat Mirziyoyev Bokuda Butunjahon urbanizatsiya forumining ochilishida qatnashdi

Shavkat Mirziyoyev Bokuda Butunjahon urbanizatsiya forumining ochilishida qatnashdi

Shavkat Mirziyoyev Bokuda BMT shafeligidagi Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasida ishtirok etmoqda. Davlat rahbari sammitda nutq so‘zlaydi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTning Aholi punktlari bo‘yicha dasturi shafeligida Boku shahrida o‘tkazilayotgan Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi ochilish marosimida ishtirok etdi. Poytaxtdagi Kongress markaziga tashrif buyurgan davlatimiz rahbarini Ozarbayjon Prezidenti Ilham Aliyev hamda BMT dasturi ijrochi direktori Anaklaudiya Rossbax kutib oldi. Tadbir doirasida forumi ishtirokchilarining birgalikda suratga tushish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Mavsumiy anjumanning bu galgi asosiy mavzusi barcha uchun uy-joy hamda xavfsiz va barqaror shaharlar hamda jamoalar deb nomlandi. Nufuzli tadbir ishida dunyo davlatlari va hukumatlari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar hamda taraqqiyot institutlari yetakchilari qatnashmoqda. Forum kun tartibidan shaharlarning izchil rivojlanishi, aholining zamonaviy hamda arzon uy-joylarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash, shahar muhiti sifatini oshirish, iqlim barqarorligini mustahkamlash, ijtimoiy va transport infratuzilmasini kengaytirish hamda uy-joylarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish kabi muhim masalalar o‘rin olgan. O‘zbekiston Prezidenti forumning Yetakchilar sammitida nutq so‘zlashi rejalashtirilgan.