So‘nggi:
O‘zbekistonliklar daromadining yarmidan ko‘prog‘ini kredit to‘lovlariga sarflamoqdaJamiyatToshkent viloyatida avtobus yo‘l haqi oshirildiJamiyatSobiq imom va «Rayxon» brendi asoschisi Odilxon Ismoilov 8 yilga qamaldiJamiyatRossiyada ayollarga harbiy komissariatdan chaqiruv qog‘ozlari yuborilmoqdaDunyoXorijiy turoperatorlarga O‘zbekiston fuqarolariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tur sotish taqiqlanishi mumkinIqtisodiyotFarg‘onada o‘z farzandini sotmoqchi bo‘lgan er-xotin 5 yilga qamaldiJamiyatToshkentning qator hududlarida tunda issiq suv harorati pasaytiriladiJamiyatJCH-2026 o‘yinlariga 6,8 million tomoshabin tashrif buyurdi va yangi rekord o‘rnatildiSportJazirama issiq havo 21-iyuldan boshlab O‘zbekistonni tark etadiJamiyatToshkent viloyati va Vodiyning tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi e’lon qilindiJamiyat

Sudanda dronlar hujumi oqibatida tinch aholi qurbonlari soni keskin ortdi

Sudanda dronlar hujumi oqibatida tinch aholi qurbonlari soni keskin ortdi

2026-yilning to‘rt oyida Sudanda dronlar zarbasidan 880 kishi halok bo‘ldi. BMT urushning yangi va halokatli bosqichi hamda ommaviy ocharchilik xavfidan ogohlantirmoqda.

BMT Oliy komissari Volker Tyurkning ta’kidlashicha, zarbdor dronlarning muntazam armiya va «Tezkor harakat kuchlari» tomonidan faol ishlatilishi urushni yanada qonli bosqichga olib chiqdi.

Zamonaviy texnologiyalar tufayli harbiy harakatlar ob-havo sharoitiga, xususan, ilgari janglar intensivligini pasaytirgan yomg‘irlar mavsumiga bog‘liq bo‘lmay qoldi. Bu esa aholining xavfsiz hududlarga ko‘chishi uchun imkoniyatlarni keskin cheklab qo‘ymoqda.

Uch yildan buyon davom etayotgan ushbu inqiroz davomida 11 milliondan ortiq inson o‘z uy-joyini tashlab ketishga majbur bo‘ldi. Mamlakatning ko‘plab hududlarida ocharchilik va vabo kabi yuqumli kasalliklar xavfi ortib bormoqda. Xalqaro kuzatuvchilar yaqin haftalarda dronlar orqali amalga oshiriladigan hujumlar ko‘lami mamlakatning markaziy va sharqiy viloyatlariga ham yoyilishidan va qurbonlar soni yanada ortishidan xavotirda.