So‘nggi:
1-iyuldan davlat xizmatiga qabul qilishning yangi tartibi joriy etiladiSiyosat“Andijon polkasi” tadbiriga ketayotgan maktab o‘quvchisi YTHda vafot etdiJamiyatFransiya elchixonasi o‘zbekistonliklarni viza firibgarlaridan ogohlantirdiJamiyatToshkentda avtobus ichida mast erkak yo‘lovchi qizga jinsiy a’zosini ko‘rsatdiJamiyatToshkentda vorkaut maydonchasiga ega birinchi “sport” bekati barpo etildiJamiyatFransiyada Ebola virusiga chalinishning ilk holati qayd etildiDunyoVenesuelada vayronkor zilzila yuz berdi: mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindiDunyoAlisher Qodirov terma jamoaning bir qator futbolchilari bilan xayrlashishga chaqirdiSportFIFA rahbari JCH-2026 tarixdagi eng muvaffaqiyatli jahon chempionati bo‘lganini aytdiSportYil boshidan buyon O‘zbekiston aholisi tijorat banklariga 10 milliard dollardan ortiq valyuta sotdiIqtisodiyot

O‘zbekistonga elektromobillar olib kirish hajmi to‘rt barobarga ko‘paydi

O‘zbekistonga elektromobillar olib kirish hajmi to‘rt barobarga ko‘paydi

2026-yilning to‘rt oyida O‘zbekistonga 23 mingdan ortiq elektromobil import qilindi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgidan to‘rt barobar ko‘pdir.

2026-yilning yanvar-aprel oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston jami 309,3 million dollarlik 23 079 dona elektromobil import qildi. Bojxona qo‘mitasi keltirgan raqamlar shuni ko‘rsatadiki, import qilingan bitta transport vositasining o‘rtacha narxi taxminan 13,4 ming dollarni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sezilarli o‘sish hisoblanadi.

Taqqoslash uchun, 2025-yilning dastlabki to‘rt oyida mamlakatga atigi 5 863 ta elektromobil keltirilgan edi. Bir yil ichida ushbu ko‘rsatkich qariyb to‘rt barobarga oshganini ko‘rish mumkin. Ta’kidlash joizki, 2025-yil boshida import hajmi birmuncha pasaygan edi, biroq joriy yilda talab yana yuqori sur’atlarda tiklandi.

Shu bilan birga, mamlakat ichida yengil avtomobillar ishlab chiqarish ham jadallashmoqda. 2025-yilda ishlab chiqarish hajmi 257,8 mingtani tashkil etib, avvalgi yilga nisbatan 36,7 mingtaga ko‘paydi. «O‘zbekiston 2030» strategiyasiga muvofiq, kelgusi yillarda bu raqamni 1 million donaga yetkazish maqsad qilingan. Xususan, 2028-yilda 700 mingta, 2029-yilda esa 800 mingta avtomobil ishlab chiqarish prognoz qilinmoqda.