So‘nggi:
Epstein uy qamog‘ida o‘zbekistonlik qizni zo‘rlagani ma’lum bo‘ldiDunyoShavkat Mirziyoyev Hindistondagi ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya bildirdiJamiyatPrezident maktablariga yangi o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 25-maydan boshlanadiJamiyatShavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida qatnashish uchun Qozog‘istonga jo‘nab ketdiJamiyatO‘zbekistonda 2000 ga yaqin kompaniya budjetdan trillionlab so‘m qarzdor bo‘lib turibdiJamiyatEron dunyoni larzaga keltirgan Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochdiDunyoPedagoglarning farzandlariga OTM kontraktidan 30 foiz chegirma berilishi kutilmoqdaJamiyatFarg‘onada yuk mashinasi g‘ildiraklari ichiga yashirilgan 20 kg narkotik modda qo‘lga olindiJamiyatO‘zbekistonda yirik gaz va neft konlarini topish qiyinlashmoqdaIqtisodiyotMigratsiya agentligining sobiq bo‘lim boshlig‘i Azizbek Toshtemirov Interpol orqali qidirilmoqdaJamiyat

Arsenal 20 yillik tanaffusdan so‘ng yana Chempionlar ligasi finalida o‘ynaydi

Arsenal 20 yillik tanaffusdan so‘ng yana Chempionlar ligasi finalida o‘ynaydi

«Arsenal» Bukayo Sakaning goli evaziga «Atletiko»ni mag‘lub etdi va 20 yildan so‘ng yana YeChL finaliga chiqdi. Londonliklar endi «Bavariya» yoki «PSJ» bilan o‘ynashini kutmoqda.

Londonning «Arsenal» klubi «Atletiko Madrid» ustidan g‘alaba qozonib YeChL 2025/2026-yilgi mavsumining ilk finalchisi bo‘ldi. «Emireyts» stadionida o‘tgan murosasiz bahs taqdirini yagona gol hal qildi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Bukayo Saka raqib darvozabonining xatosidan unumli foydalanib to‘pni darvoza to‘riga joyladi. Yan Oblak birinchi zarbani qaytargan bo‘lsa-da «to‘pchilar» hujumchisi qaytgan to‘pga hammaning oldin yetib keldi va jamoasini g‘alabaga boshladi.

Ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra Mikel Arteta shogirdlari 2-1 hisobida ustun kelishdi. Ta’kidlash joizki londonliklar nufuzli musobaqaning final bosqichini roppa-rosa yigirma yil kutishdi. So‘nggi bor jamoa 2006-yili «Barselona»ga qarshi bahsda bosh sovrin uchun kurashgan edi. Bugun tunda bo‘lib o‘tadigan «Bavariya» va «PSJ» o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibi hal qiluvchi o‘yinda «Arsenal»ga kim raqiblik qilishini ko‘rsatib beradi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan soat 00-00 da start oladi.