So‘nggi:
1-iyuldan davlat xizmatiga qabul qilishning yangi tartibi joriy etiladiSiyosat“Andijon polkasi” tadbiriga ketayotgan maktab o‘quvchisi YTHda vafot etdiJamiyatFransiya elchixonasi o‘zbekistonliklarni viza firibgarlaridan ogohlantirdiJamiyatToshkentda avtobus ichida mast erkak yo‘lovchi qizga jinsiy a’zosini ko‘rsatdiJamiyatToshkentda vorkaut maydonchasiga ega birinchi “sport” bekati barpo etildiJamiyatFransiyada Ebola virusiga chalinishning ilk holati qayd etildiDunyoVenesuelada vayronkor zilzila yuz berdi: mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindiDunyoAlisher Qodirov terma jamoaning bir qator futbolchilari bilan xayrlashishga chaqirdiSportFIFA rahbari JCH-2026 tarixdagi eng muvaffaqiyatli jahon chempionati bo‘lganini aytdiSportYil boshidan buyon O‘zbekiston aholisi tijorat banklariga 10 milliard dollardan ortiq valyuta sotdiIqtisodiyot

O‘zbekistonda kambag‘allikka to‘liq barham berish asosiy maqsad etib belgilandi

O‘zbekistonda kambag‘allikka to‘liq barham berish asosiy maqsad etib belgilandi

Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi OTB anjumanida O‘zbekiston iqtisodiyoti hajmini 240 mlrd dollarga yetkazish va kambag‘allikni to‘liq tugatish rejalari haqida gapirdi.

Samarqand shahrida o‘tayotgan Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatni ijtimoiy himoya qilish va iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarni ma’lum qildi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, amalga oshirilgan islohotlar natijasida mamlakatda kambag‘allik darajasi 35 foizdan 5,8 foizga tushishiga erishilgan. 2026-yilning birinchi choragida iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichi 8,7 foizni tashkil etgani O‘zbekistonning barqaror rivojlanish yo‘lida ekanini tasdiqladi.

Prezident 2030-yilga qadar barcha sohalarda innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali iqtisodiyot hajmini 240 milliard dollardan oshirish rejalashtirilayotganini ta’kidladi. Asosiy maqsad — aholi daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirish va mutlaq kambag‘allikni butunlay tugatishdir. Samarqanddagi anjuman doirasida Shavkat Mirziyoyev OTB rahbariyati hamda Janubiy Koreya, Yaponiya va Saudiya Arabistoni delegatsiyalari bilan investitsiyaviy loyihalarni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.