Veolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyatUy-joy egalariga ko‘chmas mulkning yangi bahosi bo‘yicha xabarnomalar kelmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdiSiyosatO‘zbekiston iyulda 1 tonna oltin sotdi, lekin dunyoda top-3 xaridorligicha qolmoqdaIqtisodiyotMaktablarda dutor, doira va raqs to‘garaklari ochiladiJamiyatQashqadaryoning baland tog‘li hududlarida birinchi qor yog‘diJamiyatFarg‘onada ko‘p qavatli uy erto‘lasida akulali basseyn barpo etilgani aniqlandiJamiyatToshkent hokimligi Glinka ko‘chasidagi portlash sababini ma’lum qildi: jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyatAvgust oyida 71,9 mlrd so‘mlik elektr va gaz noqonuniy ishlatilgani aniqlandiJamiyat

Shavkat Mirziyoyev Farg‘onadagi yangi investitsiya loyihalarini ko‘zdan kechirdi

Shavkat Mirziyoyev Farg‘onadagi yangi investitsiya loyihalarini ko‘zdan kechirdi

Prezident Fergana Expo ko‘rgazma majmuasi imkoniyatlari va tadbirkorlar uchunyangi investitsiya loyihalarini ko‘zdan kechirdi. Viloyatda Xitoy, Janubiy Koreya va Turkiya ishtirokida akkumulyatorlar ishlab chiqarish hamda tibbiyot klasterini tashkil etish kabi yirik loyihalar boshlanmoqda.

Prezidentga invest.gov.uz va pmi.miit.uz platformalarining imkoniyatlari taqdim etildi. Ushbu tizimlar endilikda investitsiya loyihalarini “yagona darcha” tamoyili asosida to‘liq boshqarish imkonini beradi. Farg‘onadagi ushbu tajriba yaqin vaqt ichida Toshkent va boshqa strategik hududlarda ham joriy etiladi.

Taqdimot davomida xorijiy hamkorlar bilan energetika, savdo va yuqori texnologiyalar sohasidagi kelishuvlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Hamkorlik dasturi Xitoy ko‘magida Yevrosiyo xalqaro savdo markazini barpo etish hamda Janubiy Koreya kompaniyalari bilan birgalikda issiqlik energetika stansiyasini qurishni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, koreyalik hamkorlar biopelletlar ishlab chiqarish tarmog‘ini ham ishga tushiradi.

Turkiya tomoni bilan viloyatda zamonaviy tibbiyot klasterini shakllantirish, ekologik transport yo‘nalishida esa elektromobillar uchun akkumulyator zavodini qurish rejalashtirilgan.

Sanoat vazifalari bilan bir qatorda, shahar infratuzilmasini yaxshilash rejalari ham ko‘rib chiqildi. Suv ta’minoti tizimlarini yangilash loyihasiga Fransiya, Ispaniya, Qatar va BAA ekspertlari jalb etilgan. Turizm sohasida kongress-xoll va besh yulduzli mehmonxona qurish, shuningdek, Quvasoyda yangi formatdagi dam olish bog‘ini tashkil etishga urg‘u berilmoqda.

Investorlarga xizmat ko‘rsatish markazi binosining yuqori qavatlari investorlar uchun ofis sifatida ajratilib, u yerda davlat idoralari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.