So‘nggi:
O‘zbekistonda alkogol mahsulotlari uchun naqd pulda to‘lash tartibini tiklash rejalashtirilmoqda | Toshkentda 19 yoshli Damas haydovchisi bolani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi | Shavkat Mirziyoyev Ostonada Mintaqaviy ekologik sammitda ishtirok etmoqda | Qimmatbaho metallarning noqonuniy muomalasi uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi | Tramp Hormuz bo‘g‘ozi blokadasi buzilgan takdirda Eron rahbariyatini yo‘q qilish bilan tahdid qildi | O‘zbekistonda suv taqchilligi 2026-yil yozida kritik darajaga yetishi mumkin | Ukrainadagi urushda qatnashgan o‘zbekistonlik besh yilga ozodlikdan mahrum etildi | O‘zbekiston Rossiyadan 400 mln dollarlik temir yo‘l texnikasini sotib oldi | Bojxona qo‘mitasidagi kadrlar tayinlovi va O‘zbekistonning o‘nta hududida boshqarma boshliqlari o‘zgarishi | Saida Mirziyoyeva narkotahdidlarga qarshi kurash masalalarini muhokama qildi |

O‘zbekiston xokkey terma jamoasi jahon chempionatining A guruhiga yo‘llanma oldi

Gonkongda o‘tgan xokkey bo‘yicha jahon chempionati bahslarida O‘zbekiston vakillari mutlaq g‘alaba qayd etdi. Terma jamoamiz raqiblar darvozasiga jami 97 ta shayba kiritib, rekord o‘rnatdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Gonkongda o‘tkazilgan uchinchi divizion (B guruhi) jahon chempionatida mislsiz natija qayd etib, guruh g‘olibiga aylandi. Xokkeychilarimiz beshta o‘yinning barchasida zafar quchib, o‘z guruhida birinchi o‘rinni egalladi va kelgusi mavsum uchun A guruhiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Hal qiluvchi bahsda turnir mezbonlari 9:4 hisobida taslim etildi. Turnir davomida hamyurtlarimiz Mo‘g‘uliston, Filippin, KXDR va Lyuksemburg jamoalari ustidan yirik g‘alabalarga erishib, raqiblar darvozasini jami 97 marotaba ishg‘ol qilishdi.

Normund Seyeyis boshchiligidagi jamoaning ushbu muvaffaqiyati mamlakat xokkeyidagi o‘sish sur’atlarini yana bir bor tasdiqladi. Tarkibning asosiy qismini «Humo» va «Binokor» klublari a’zolari tashkil etgan bo‘lsa, rossiyalik legioner Pavel Sinyavskiy ham g‘alabaga munosib hissa qo‘shdi. Endi terma jamoamiz uchinchi divizionning kuchliroq hisoblangan A guruhida Meksika, Tayvan, Janubiy Afrika Respublikasi kabi jamoalar bilan to‘qnash keladi va ikkinchi divizionga chiqish uchun kurashni davom ettiradi.