O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro savdoni 5 mlrd dollardan 10 mlrd dollarga yetkazadi. Buxorodagi uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev energetika, kimyo va avtokomponentlar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyihalarni tasdiqladilar.
Buxoro uchrashuvida asosiy e’tibor iqtisodiy natijalarga qaratildi. Davlat rahbarlari savdo hajmini ikki baravar oshirish uchun sanoat kooperatsiyasini kuchaytirishga kelishib oldilar.
Endilikda hamkorlik nafaqat tayyor mahsulot ayirboshlash, balki geologiya va energetika kabi strategik sohalarda qo‘shma quvvatlar yaratishni ham qamrab oladi.
Prezidentlar avtomobilsozlik va logistika sohasidagi mavjud loyihalar samaradorligini yuqori baholab, yangi yo‘nalishlarni ishga tushirish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berdilar. Muzokaralar ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.






