1-apreldan boshlab odatiy immigratsiya kartalari (DE-kartalar) butunlay muomaladan chiqadi. Uzbekistan Airways yo‘lovchilari endi parvozdan uch kun oldin «raqamli ruxsatnoma» olishlari shart.
Hindiston chegarada qog‘ozbozlik davriga chek qo‘ymoqda. Dehli yoki Mumbayga yo‘l olgan har bir sayyoh uchun yangi tartib kuchga kirdi: aprel oyidan boshlab mamlakatga faqat oldindan to‘ldirilgan elektron karta (e-Arrival Card) bilan kirish mumkin.
Tizim talabi aniq: anketani chegaradan o‘tishdan kamida 72 soat oldin Hindiston viza xizmati sayti yoki Su-Swagatam ilovasida rasmiylashtirish kerak. 31-mart — qog‘oz shakllar amal qiladigan oxirgi sana. Shundan so‘ng aeroportda qo‘lda anketa to‘ldirish imkoniyati bo‘lmaydi. Pasport nazoratida muammoga duch kelmaslik uchun tayyor QR-kodni telefoningizga yuklab olishingiz tavsiya etiladi.





