So‘nggi:
Toshkentdagi bekatda 32 yoshli kuryer o‘zini osib o‘ldirdiJamiyatYevro banknotlarining yangi dizayn variantlari namoyish etildiDunyoBangladesh prezidenti xastalik sabab muddatidan ikki yil avval iste’foga chiqdiDunyo«Manchester Siti» Abduqodir Xusanov bilan shartnomani 2031-yilgacha uzaytirdiSportQashqadaryoda itni avtomobilga bog‘lab sudragan haydovchiga nisbatan ish sudga oshirildiJamiyatToshkent viloyatida Lacetti daraxtga urilishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldiJamiyatMarkaziy Osiyoda 26 milliondan ortiq kishi qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda — BMTDunyoO‘zbekistonda abituriyentlar uchun OTMlar va yo‘nalishlar tanlovi start oldiJamiyatBuxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi: shahar hududi va aholisi sezilarli darajada kengayadiJamiyatO‘rnatilgandan so‘ng: quyosh panellarining qimmatbaho uskunalarini qanday himoya qilish mumkinJamiyat

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildilar

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildilar

Buxoroga tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev buyuk Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildilar. Davlat rahbarlari majmuadagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishib, ikki xalq tinchligi va farovonligi uchun duo qildilar.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning mamlakatimizga amaliy tashrifi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Bahouddin Naqshband majmuasini ziyorat qilishdan boshlandi. Islom olamining tabarruk maskanlaridan biri bo‘lgan ushbu majmua har ikki xalq uchun umumiy bo‘lgan ma’naviy qadriyatlarning yorqin namunasidir.

Davlat rahbarlari XIV asrda yashagan buyuk ilohiyot olimi, «Naqshbandiya» tariqati asoschisi mangu qo‘nim topgan ziyoratgohda amalga oshirilgan keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari bilan tanishdilar. Majmuada tarixiy darvozalar qayta tiklanib, muzey hamda zamonaviy infratuzilma ob’ektlari barpo etilgan. Shuningdek, Mang‘itlar sulolasi davrida qurilgan madrasani tiklash jarayonlari haqida ma’lumot berildi.

Ziyorat chog‘ida Qur’on oyatlari tilovat qilinib, qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik barqaror bo‘lishi so‘rab duolar qilindi. Mazkur tashrif ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-ma’naviy yaqinlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.