O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi yangi xalqaro aeroport qurilishi loyihasi bilan tanishdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-aprel kuni Buxoro viloyatida barpo etiladigan yangi aeroport loyihasini ko‘zdan kechirdi. Majmua soatiga 1200 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega bo‘ladi va barcha turdagi samolyotlarni qabul qila oladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida yangi aeroport va unga tegishli infratuzilma ob’ektlari loyihasi bilan tanishdi. Transport bog‘lamasini qurish uchun shahar tashqarisidan jami 370 gektar yer maydoni ajratilgan. Yangi majmua viloyatning turizm salohiyatini oshirish va yo‘lovchilarga zamonaviy xizmat ko‘rsatishda muhim bo‘g‘inga aylanishi kutilmoqda.

Loyiha doirasida uzunligi 3,3 kilometr bo‘lgan, har qanday rusumdagi samolyotlarni qabul qila oladigan uchish-qo‘nish yo‘lagi hamda soatiga 1200 kishini o‘tkazish quvvatiga ega aerovokzal binosi barpo etiladi. Davlat rahbari majmua jahon standartlariga to‘liq javob berishi va ham mahalliy aholi, ham xorijiy sayyohlar uchun maksimal qulayliklar yaratishi zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, aeroportga olib boruvchi 23,8 kilometrlik avtomobil yo‘li qurilishi ham ko‘zda tutilgan. Mazkur yo‘l yoqasida 2 ta yo‘l o‘tkazgich, 9 ta yer osti piyodalar o‘tish joyi va 8 ta ko‘prik quriladi. Taqdimot davomida prezidentga Buxoro viloyatining iqtisodiy va investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan boshqa qurilish ob’ektlari haqida ham ma’lumot berildi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish