So‘nggi:
Google chorak asrlik an’anasidan voz kechib o‘z qidiruv tizimini tubdan o‘zgartirdiDunyoAQSHda yashirinib yurgan o‘zbekistonlik mamlakatga deportatsiya qilindiJamiyatBu yilgi yozda O‘zbekistonda havo harorati 47° gacha ko‘tarilishi kutilmoqdaJamiyatO‘qituvchilarning ortida armiya va Prezident turibdi — IIV maktabdagi janjalga munosabat bildirdiJamiyatToshkentda Qurbon hayiti namozi sababli bir qator ko‘chalarda avtomobillar harakati cheklanadiJamiyatQurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekistondagi barcha davlat muzeylariga chiptalar narxi arzonlashtiriladiJamiyatO‘zbekistonliklarga 31-maygacha svet va gaz hisobini to‘ldirish tavsiya qilindiJamiyatO‘zbekistonda Centrum Air va Qanot Sharq faoliyati bo‘yicha tekshiruv boshlandiJamiyatO‘zbekistonning Jahon chempionatidagi raqibi JCH oldidan 21 kunlik karantinga olinadiSportToshkentda oquvchi bilan urushgan informatika oqituvchisi ustidan ochilgan jinoiy ish yopildiJamiyat

Javohir Sindarov Nomzodlar turnirida tarixiy rekord o‘rnatdi

Javohir Sindarov Nomzodlar turnirida tarixiy rekord o‘rnatdi

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov o‘nta turda oltita g‘alaba qayd etib, turnir tarixidagi eng yaxshi natijani ko‘rsatdi. Sindarov ayni paytda eng yaqin ta’qibchisidan ikki ochkoga o‘zib ketgan.

O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov Nomzodlar turnirining o‘nta turidan so‘ng sensatsion natija qayd etib, jadvalda yakka peshqadamga aylandi. U 10 imkoniyatdan 8 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Musobaqa davomidagi oltita g‘alaba — turnirning hozirgi shakli joriy qilinganidan beri shaxmatchilar erishgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Javohir Sindarov Nomzodlar turnirida tarixiy rekord o‘rnatdi

Ayni paytda hamyurtimiz va boshqa da’vogarlar o‘rtasidagi farq sezilarli darajada kengaygan: Anish Giri ikki ochko, Fabiano Karuana esa uch ochko ortda qolmoqda. 10-turda raqiblarning durang o‘ynashi Sindarovning pozitsiyasini yanada mustahkamladi.

Endi barcha e’tibor 11-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan 11-tur bahslariga qaratilgan. Unda Javohir Sindarov asosiy raqiblaridan biri Karuana bilan kuch sinashadi. Eslatib o‘tamiz, 15-aprelda tugaydigan ushbu musobaqa g‘olibi jahon chempioni Dommaraju Gukesh bilan toj uchun kurashish huquqini qo‘lga kiritadi.