Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

AQSh aviatsiyasi Erondagi eng baland ko‘prikni yo‘q qild

AQSh aviatsiyasi Erondagi B1 ko‘prikni yo‘q qildi. Hujum natijasida 8 kishi halok bo‘ldi, Donald Tramp bu operatsiyani Tehronga ogohlantirish deb atadi.

AQSh qurolli kuchlari Eronning Alborz provinsiyasida qurilayotgan, Yaqin Sharqdagi eng baland ko‘priklardan biri hisoblangan B1 ob’ektiga zarba berdi. Uzunligi bir kilometrdan ortiq bo‘lgan ushbu strategik inshoot raketa hujumidan so‘ng butunlay vayron bo‘lgan. AQSh prezidenti Donald Tramp ushbu operatsiyani tasdiqlab, bu Tehron uchun yangi kelishuv imzolash zarurligi haqidagi «aniq signal» ekanini ta’kidladi. Amerika yetakchisi, shuningdek, kelgusida Eronning energetika ob’ektlari ham nishonga olinishi mumkinligiga shama qildi.

Pentagon bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu ko‘prik ballistik dasturlar uchun harbiy texnika va butlovchi qismlarni tashishda koridor vazifasini o‘tagan. Biroq Alborz provinsiyasi rasmiylari bu ayblovlarni mutlaqo rad etmoqda. Mahalliy hukumat vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ob’ektda faqat qurilish ishlari olib borilgan, hujum paytida halok bo‘lgan sakkiz kishi esa bayram kunida yaqin atrofda dam olayotgan oddiy qishloq aholisi bo‘lgan.

Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi ushbu hodisani fuqarolik infratuzilmasiga nisbatan tajovuz deb baholadi. Uning qayd etishicha, bunday bosimlar mamlakatning siyosiy kursini o‘zgartira olmaydi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, portlash hududida bo‘lgan 95 nafar yaradorga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Xalqaro ekspertlar AQShning ushbu harakati mintaqadagi keskinlikni yangi bosqichga olib chiqishidan xavotir bildirmoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish