Toshkent shahrining yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova Yakkasaroy tumani hokimi lavozimidan olindi. Uning o‘rniga Akmal Jumaboyev tayinlandi.
Yakkasaroy tumanida rahbariyat o‘zgardi
Poytaxt tumanlari rahbarlari orasidagi yagona ayol hokim — Nilufar Allabergenova Yakkasaroy tumani hokimi lavozimidan ozod etildi. U tuman administratsiyasiga 2023-yilning oktyabr oyidan buyon boshchilik qilib kelayotgan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Yakkasaroy tumani hokimi lavozimiga shu vaqtgacha Sergeli tumani hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Akmal Jumaboyev tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentning yana uchta tumani — Yangihayot, Yashnobod va Chilonzor tumanlari hokimlari ham lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgan edi.




Izohlar
Hozircha izohlar yo‘q