Toshkentning to‘rtta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha o‘chirildiJamiyatQashqadaryoda suv tashqini oqibatida bir kishi halok bo‘ldiJamiyatToshkentda 1-noyabrdan issiq suv va isitish xizmati tariflarini 30 foizga oshirish taklif etildiJamiyatKuryerlik jo‘natmalari bojxona yig‘imi 20 foizga arzonlashtiriladiJamiyatO‘zbekistonda oilalarga 1 mln so‘mdan bir martalik yordam beriladi hamda gaz va svetga imtiyozlar kengaytiriladiJamiyatToshkentda 62 ta turizm va sayr ko‘chalarini tashkil etish loyihalariga 22 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladiJamiyatToshkentda harbiy ro‘yxatda turmagan 17–18 yoshli yigitlarni qidirish boshlanadiJamiyatTermizda 10-sinf o‘quvchisi boshqaruvidagi Cobalt ustunga urildi: bir o‘quvchi halok bo‘ldiJamiyatSobiq bosh imom-xatib Odilxon Ismoilov sud zalidan ozod qilindiJamiyatDoniyor Qodirov Sirdaryo viloyatiga rahbar bo‘ldiSiyosat

Toshkentning to‘rtta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha o‘chirildi

Toshkentning to‘rtta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha o‘chirildi

Chorshanba, 14-oktyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha toshkentning to‘rtta tumanida tabiiy gaz uzatish vaqtincha o‘chirildi. Gaz ta’minotidagi cheklovlar gaz quvurlarida rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari, jumladan, gaz sizib chiqishini bartaraf etish va quvurlarni xavfsiz joyga ko‘chirish munosabati bilan joriy etildi.

Shayxontohur tumanining Labzak ko‘chasi hududidagi yer osti gaz quvurida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Yunusobod tumanida esa «Minor» mahallasi hududidagi gaz quvurini xavfsiz hududga ko‘chirish ishlari bajarilmoqda.

Qaysi hududlar va obyektlarda gaz o‘chirildi

Gaz ta’minotining vaqtincha to‘xtatilishi quyidagi tumanlardagi aholi xonadonlari hamda yirik iste’molchilarga ta’sir ko‘rsatdi:

  • Shayxontohur tumani: «Labzak», «Taxtapul», «Shayxontohur», «Hadra» va «O‘rda» mahallalaridagi ko‘p qavatli hamda hovli uylar, shuningdek, 273 ta yirik korxona va tashkilot.

  • Yunusobod tumani: «Minor» va «Turkiston» mahallalaridagi ko‘p qavatli hamda xususiy uylar (Gunafsha, Elobod, Xurshid, Dalazar, Moyqo‘rg‘on ko‘chalari), shuningdek, 15 ta yirik obyekt, jumladan «Minor» jome masjidi va Afg‘oniston elchixonasi.

  • Chilonzor tumani: «Beshyog‘och» MFYdagi 3 ta ko‘p qavatli uy hamda 4 ta yirik iste’molchi.

  • Yakkasaroy tumani: «Yunus Rajabiy» MFYdagi 40 ta hovli uy hamda 5 ta yirik obyekt.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish

Email chop etilmaydi. Ism majburiy.