Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida yuz bergan suv tashqini oqibatida Damas avtomobili oqib ketib, bir nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi. Qutqaruvchilar uning murdasini topishdi.
Tog‘li hududda kuchli yomg‘ir va fojia
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida sodir bo‘lgan suv tashqini va sel oqimi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Hodisa tumanning Qo‘ng‘irot mahallasiga qarashli Shakarbuloq qishlog‘i hududida yuz bergan. Tog‘li hududda yog‘gan qisqa muddatli kuchli yomg‘ir шиддатли suv oqimini keltirib chiqargan.
Ma’lum bo‘lishicha, yo‘ldan adashgan Damas haydovchisi va uning yo‘lovchisi yo‘nalishni aniqlashtirish uchun soy bo‘yida to‘xtagan. Biroq avtomobil sirpanib, soyning chuqurroq qismiga tushib ketgan. Haydovchi mashinadan tushib, aloqaga chiqishga urinayotgan vaqtda suv kelayotgani haqida hamrohini ogohlantirishga ulgurgan, ammo toshqin avtomobil va uning ichida bo‘lgan yo‘lovchini oqizib ketgan.
Qidiruv va mas’ullarning munosabati
Zudlik bilan olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida ichida qolib ketgan yo‘lovchining jasadi topilgan. Hodisa joyiga tuman hokimligi, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda Ichki ishlar bo‘limi mas’ul xodimlari yetib kelgan.
Avvalroq gidrometeorologlar kutilayotgan kuchli yomg‘irlar sababli respublikaning tog‘li va tog‘oldi hududlarida sel va suv tashqinlari yuzaga kelishi xavfidan ogohlantirgan edi.





Izohlar
Hozircha izohlar yo‘q