O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot o‘tkazib, atom elektr stansiyasi (AES) loyihasi hamda xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildi.
Suhbat davomida davlat rahbarlari mamlakatda barpo etilayotgan ilk AES qurilishi faol bosqichga o‘tganini qayd etdi. Rossiyalik mutaxassislar loyihalayotgan energetika obyektida beton quyish ishlari boshlangan.
OKMK va sanoat loyihalari
Tomonlar Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK)ni modernizatsiya qilish masalasiga ham alohida e’tibor qaratdi. Uchinchi mis boyitish fabrikasining ishga tushirilishi Rossiya mashinasozlik korxonalarida ishlab chiqarilgan uskunalar asosida amalga oshirildi.
Shuningdek, sanoat hamkorligi bilan bir qatorda transport yo‘laklarini kengaytirish istiqbollari ham muhokama qilindi.
Xalqaro kun tartibi
Prezidentlar Ukraina va Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi. Tomonlar ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirishga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.
Suhbat yakunida Rossiya prezidenti O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi.






