Bog‘cha va mektablarida bir yilda bolalarga nisbatan 120 dan ortiq zo‘ravonlik holati aniqlandiJamiyatIsh joylarida shahvoniy shilqimlikka yoʻl qoʻymaslikni nazarda tutuvchi qonun Senatda ma’qullandiSiyosatO‘zbekistonda o‘rtacha oylik maosh 7,1 mln so‘mga yetdi: Markaziy bank hisobotiIqtisodiyotSaudiya Arabistoni Makkada Ka’bani portlatishga urinish bo‘lganini rad etdiDunyoO‘zbekistonda dam olish kunlarida ob-havo keskin soviyishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqdaJamiyatIshdan bo‘shatilgan fuqarolarga uchinchi oy uchun ham ish haqi to‘lanadiJamiyatO‘zbekistonda quyosh panellari o‘rnatgan fuqarolar avgust oyi uchun 105,4 mlrd so‘m subsidiya oladiIqtisodiyotO‘zbekistonda shovqindan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi: «sukunat soatlari» va jarimalar belgilandiJamiyatO‘zbekistonda 2027-yildan oilaviy shifokor va hamshiralarga 4 MHTEKM gacha ustama to‘lanadiJamiyatO‘zbekistonga kirishda elektron bojxona deklaratsiyasi yo‘lga qo‘yildiJamiyat

Ish joylarida shahvoniy shilqimlikka yoʻl qoʻymaslikni nazarda tutuvchi qonun Senatda ma’qullandi

Ish joylarida shahvoniy shilqimlikka yoʻl qoʻymaslikni nazarda tutuvchi qonun Senatda ma’qullandi

Senat Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash hamda terisining rangi va siyosiy qarashlari bo‘yicha kamsitishlarni bartaraf etishga qaratilgan tuzatishlarni ma’qulladi.

Mehnat kodeksidagi yangi normalar

Senatning 2-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisida Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun ma’qullandi.

Hujjat bilan Mehnat kodeksi 8-1-modda bilan to‘ldirilib, mehnat va mashg‘ulotlar sohasida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmasligi belgilandi. Shuningdek, «terisining rangi» hamda «siyosiy qarashlari» kabi belgilar mehnat sohasidagi kamsitishlar ro‘yxatiga kiritildi.

Shahvoniy shilqimlik mezonlari va ish beruvchining majburiyatlari

Senat qo‘mitasi raisi Orzigul Mo‘ydinovaning ta’kidlashicha, yangi norma bo‘yicha shaxsga nisbatan uning uchun nomaqbul bo‘lgan, sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlaydigan harakatlar — tashqi qiyofasini tavsiflash, imo-ishora qilish, teginish yoki chaqirish shahvoniy shilqimlik deb baholanadi.

Qonunga muvofiq:

  • Ish beruvchi jamoada shahvoniy shilqimlikdan holi muhitni yaratish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishi shart.

  • Xodimlarning bunday holatlar bo‘yicha xavfsiz va maxfiy tarzda murojaat qilish imkoniyati hamda har bir murojaatni xolisona ko‘rib chiqish mexanizmi yo‘lga qo‘yiladi.

Sud statistikasi

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, shahvoniy shilqimlik bo‘yicha ma’muriy ishlar soni o‘sib bormoqda: 2024-yilda 2009 ta ish bo‘yicha 2106 kishi javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, 2025-yilda ushbu ko‘rsatkich 23 foizga oshgan. 2026-yilning birinchi yarim yilligida esa sudlar tomonidan 1240 ta ish ko‘rib chiqilib, 1293 nafar shaxsga nisbatan choralar ko‘rilgan.