O‘zbekistonda quyosh panellari o‘rnatgan fuqarolar avgust oyi uchun 105,4 mlrd so‘m subsidiya oladiIqtisodiyotO‘zbekistonda shovqindan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi: «sukunat soatlari» va jarimalar belgilandiJamiyatO‘zbekistonda 2027-yildan oilaviy shifokor va hamshiralarga 4 MHTEKM gacha ustama to‘lanadiJamiyatO‘zbekistonga kirishda elektron bojxona deklaratsiyasi yo‘lga qo‘yildiJamiyatXivada fuqaro o‘z hovlisida 2 metrlik kannabis yetishtirgani aniqlandiJamiyatO‘zbekistonda tashqi reklama uchun svetning 3 baravar tarifi bekor qilinmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni zorlash bo‘yicha 445 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum qilindiJamiyatAVO Bank kvartira puli muzlatilgan omonat bo‘yicha mojaroga munosabat bildirdiJamiyatO‘zbekistonda o‘qituvchilar uchun maosh ustamalari va yangi imtiyozlar joriy etiladiJamiyatFlydubai Dubaydan Tel-Avivga uchgan samolyotda uchuvchilar urushib ketganini tasdiqladiDunyo

Qozogʻistonda dengizda oqib ketgan soʻnggi askarlar jasadi topildi. Qidiruv yakunlandi

Qozogʻistonda dengizda oqib ketgan soʻnggi askarlar jasadi topildi. Qidiruv yakunlandi

Kaspiy dengizida mashg‘ulotlar vaqtida oqib ketgan askarlarning so‘nggi jasadlari topildi. Fojia oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi qutqarildi.

Qidiruv operatsiyasining yakunlanishi va qurbonlar

Kaspiy dengizida 24-sentyabr kuni yuz bergan fojia vaqtida bedarak yoʻqolgan soʻnggi ikki qozogʻistonlik harbiy xizmatchi — serjant Mansur Gumarov va matros Miras Turdibekulining jasadlari topildi. Qozogʻiston Mudofaa vazirligi qidiruv-qutqaruv operatsiyasi toʻliq yakunlanganini maʼlum qildi.

Dengizdagi oʻquv-jangovar mashgʻulotlar vaqtida ob-havoning keskin yomonlashuvi va kuchli shamol sababli jami 17 nafar harbiy oqib ketgan edi. Ularning 3 nafari qutqarib qolindi, 14 nafari esa halok boʻldi — barcha jasadlar dengizdan olib chiqildi. Mudofaa vazirligi qurbonlarning oilalariga moddiy va psixologik yordam koʻrsatilishini bildirdi.

Tergov va umummilliy motam

Hodisa yuzasidan Qozogʻiston Bosh prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, xizmat vazifasiga masʼul boʻlgan 5 nafar shaxs qoʻlga olindi.

Halok boʻlgan harbiylarning xotirasi uchun 25-sentyabr kuni Qozogʻistonda umummilliy motam kuni deb eʼlon qilindi.