Hukumat qarori bilan Toshkent shahrida ushlangan avtomillarni jarima maydonchasiga olib kelish va saqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Jarayonlar Jarima maydonchasi moduli orqali raqamlashtirildi.
Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, vakolatli davlat organi transport vositasini jarima maydonchasiga joylashtirish haqida qaror qabul qilganda, bu haqda Jarima maydonchasi moduli orqali tegishli idoralar va xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga avtomatik xabar yuboriladi.
Qoidabuzarlik sababli haydovchi transportni boshqarishdan chetlashtirilgan hollarda avtomobillarni jarima maydonchasiga olib kelish faqat maxsus texnika — evakuator yoki manipulyator yordamida amalga oshiriladi.
Raqamli ruxsatnoma va avtomashinalarni chiqarish shartlari Ushlangan transport vositasini saqlab turish sabablari bartaraf etilgach, uni jarima maydonchasidan olib chiqishga faqat Jarima maydonchasi moduli orqali ruxsat beriladi.
Ma’muriy ishni ko‘rib chiquvchi mansabdor shaxslar tomonidan rasmiylashtiriladigan ruxsatnoma QR-kod bilan tasdiqlanadi va bir ish kuni ichida elektron shaklda haydovchi hamda saqlash xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotga yuboriladi, shuningdek haydovchiga SMS-xabar jo‘natiladi.
Tizim shaflofligini ta’minlash maqsadida Jarima maydonchasi moduli orqali rasmiylashtirilmagan ruxsatnomalar bo‘yicha transport vositalarini jarima maydonchasidan chiqarish qat’iyan taqiqlanadi.




