Qashqadaryoda o‘quvchiga jismoniy jazo qo‘llagan o‘qituvchiga intizomiy chora ko‘rildiJamiyatO‘zbekistonda yil boshidan buyon uy-joy savdosi 18 foizdan ziyodga oshdiJamiyatO‘zbekistonda raqamli «Baliqchi kartasi» yo‘lga qo‘yiladiJamiyatPodpolkovnik Ilhom Idirov Toshkent shahar IIBB YHXXB boshlig‘i etib tayinlandiJamiyatToshkent metropoliteni bir sutkalik yo‘lovchi tashish bo‘yicha absolyut rekordni yangiladiJamiyatSaida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdiSiyosatToshkentda hovlida navbatdagi Zeekr 001 yonib ketdiJamiyatAlisher Navoiy kutubxonasi ortida avtoturargoh va baggiga ega park zonasi barpo etiladiJamiyatWildberries Zangiota tumanida 67,3 gektar maydonda yangi omborxona majmuasini barpo etadiJamiyatToshkentda qishda muzlagan uylarni isitish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladiJamiyat

Qashqadaryoda o‘quvchiga jismoniy jazo qo‘llagan o‘qituvchiga intizomiy chora ko‘rildi

Qashqadaryoda o‘quvchiga jismoniy jazo qo‘llagan o‘qituvchiga intizomiy chora ko‘rildi

Ko‘kdala tumanida o‘quvchiga jismoniy jazo qo‘llagan o‘qituvchiga hayfsan berildi. O‘rganish Bolalar ombudsmani va Xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘tkazildi.

Ota-onaning murojaati hamda Bolalar ombudsmanining aralashuvi

Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanidagi maktablardan birida o‘quvchiga nisbatan nomaqbul tarbiya usullari qo‘llanilgani aniqlandi. Tuman fuqarosi O.T. Bolalar ombudsmani kotibiyatiga rasmiy murojaat qilib, o‘qituvchi F.R. uning maktabda tahsil olayotgan farzandi T.D.ga nisbatan jismoniy jazo qo‘llaganini ma’lum qilgan va holat bo‘yicha qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Murojaat yuzasidan Bolalar ombudsmanining so‘rovi asosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan zudlik bilan o‘rganish va surishtiruv xizmati o‘tkazildi.

Intizomiy jazo va maktab rahbarlarini ogohlantirish

O‘rganish natijalariga ko‘ra, ta’lim jarayonida bolaga nisbatan nomaqbul va taqiqlangan tarbiya usullarini qo‘llagani uchun o‘qituvchi F.R.ga nisbatan «hayfsan» intizomiy jazo chorasi belgilandi. Shuningdek, hodisa ortidan viloyatdagi barcha maktab mas’ullari hamda pedagoglar jamoasi bolalarni zo‘ravonlikning har qanday shakllaridan himoya qilishga oid qonunchilik talablariga qat’iy rioya etishi shartligi, ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun xavfsiz hamda sog‘lom muhitni ta’minlash ularning bevosita majburiyati ekani haqida rasman ogohlantirildi.