Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrifi oldidan Kallibek Kamalov xonadonida bo‘ldiJamiyatYangi xalqaro aeroport qurilishi sabab Toshkent viloyatidagi yettita qabriston ko‘chiriladiJamiyat5 yilga qamalgan bloger Sanjar Karimov sud hukmini BMT va AQSH hukumati orqali bekor qilishga urinmoqdaJamiyatToshkent viloyatida 3-oktabrdan suv va oqova xizmatlari tariflari sezilarli darajada oshiriladiJamiyatToshkent maktablarida davomat Face ID smart-kameralar orqali nazorat qilinadiJamiyatIqtisodiyot va moliya vazirligi pensiya islohotining sabablari va tafsilotlarini ochiqladiJamiyatO‘zbekiston xorijliklar kirishi uchun qulaylik bo‘yicha 52-o‘rinni egalladiJamiyatToshkent 157 mln yevroga 10 ta Škoda elektropoyezdini xarid qiladiJamiyatSingapurda kuniga 15 daqiqa kitob o‘qiganlarga pul berila boshlandiDunyoO‘zbekiston TIV Makkaga uyushtirilgan dron hujumini qat’iy qoraladiSiyosat

5 yilga qamalgan bloger Sanjar Karimov sud hukmini BMT va AQSH hukumati orqali bekor qilishga urinmoqda

5 yilga qamalgan bloger Sanjar Karimov sud hukmini BMT va AQSH hukumati orqali bekor qilishga urinmoqda

5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan bloger Sanjar Karimov (Real Sanjik) BMTga murojaat qildi, uning AQSH fuqarosi bo‘lgan qarindoshlari esa Marko Rubio va Komil Allamjonovga xat yubordi.

Beshabat yilga ozodlikdan mahrum qilingan bloger Sanjar Karimov (Real Sanjik) sud hukmi ustidan nafaqat apellyatsiya tartibida shikoyat qilmoqda, balki uni xalqaro darajada bekor qilishga urinmoqda. Karimov hamda uning Nyu-Yorkda yashovchi, AQSH fuqarosi bo‘lgan onasi va opasi BMT tuzilmalariga va Amerika hukumatiga rasmiy murojaat yo‘llab, jinoyat ishi soxtalashtirilgani va tergovda qonun buzilishlariga yo‘l qo‘yilganini ta’kidlamoqda.

Qamoqda bo‘lib turgan Karimov BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Turk hamda BMTning Asossiz hibsga olishlar bo‘yicha ishchi guruhi raisi Mettyu Djilletga murojaat yubordi. Uning oilasi esa AQSH Davlat kotibi Marko Rubio, Bosh prokuror Todd Blansh va O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasining AQSHdagi vakili Komil Allamjonovga xat yo‘lladi. Himoya tomoni blogerning uchala modda bo‘yicha ham aybsizligini ta’kidlamoqda: tahdid bo‘yicha audioyozuv montaj qilingani, firibgarlik moddasidagi uy bo‘yicha nizo fuqarolik-huquqiy xarakterga ega bo‘lib, taraflar o‘rtasida hal etilgani, giyohvand moddalar bilan bog‘liq ayblov esa to‘liq soxtalashtirilgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 8-may kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudi Karimovni zo‘ravonlik ishlatish bilan tahdid qilish, juda ko‘p miqdorda firibgarlik hamda giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi moddalari bo‘yicha aybdor deb topib, 5 yil umumiy rejimli koloniya hamda BHMning 410 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlagan edi. «Ezgulik» inson huquqlari jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov ham giyohvandlikka oid ayblov soxtaligini va bloger oqlanishi kerakligini bildirdi. Hozirda ish apellyatsiya bosqichida ko‘rib chiqilmoqda.