Iqtisodiyot va moliya vazirligi pensiya islohotining sabablari va tafsilotlarini ochiqladiJamiyatO‘zbekiston xorijliklar kirishi uchun qulaylik bo‘yicha 52-o‘rinni egalladiJamiyatToshkent 157 mln yevroga 10 ta Škoda elektropoyezdini xarid qiladiJamiyatSingapurda kuniga 15 daqiqa kitob o‘qiganlarga pul berila boshlandiDunyoO‘zbekiston TIV Makkaga uyushtirilgan dron hujumini qat’iy qoraladiSiyosatO‘zbekistonda tibbiyot yo‘nalishlariga kirish uchun minimal ball oshiriladiJamiyatO‘zbekistonda oilaviy tibbiyot bo‘yicha rezidentura yo‘lga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekiston UzAuto Motors’ni ochiq tender orqali xususiylashtirmoqdaJamiyatAlisher Qodirov Madaniy meros agentligiga javob qaytardi va parlament eshituvini e’lon qildiJamiyatToshkentda avtobuslar metrodan so‘ng yo‘lovchi tashish bo‘yicha rekord o‘rnatdiJamiyat

O‘zbekiston TIV Makkaga uyushtirilgan dron hujumini qat’iy qoraladi

O‘zbekiston TIV Makkaga uyushtirilgan dron hujumini qat’iy qoraladi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistoni bilan birdamligini bildirib, Makkaga dron orqali hujum qilishga bo‘lgan urinishni qat’iy qoraladi.

Tashqi siyosat idorasi Saudiya Arabistoni bilan to‘liq birdamlikni bildirgan holda, muqaddas qadamjolar, tinch aholi hamda fuqarolik infratuzilmasi ob’yektlariga xavf soluvchi har qanday harakatlarni mutlaqo qabul qilib bo‘lmas deb hisoblashini ta’kidladi.

O‘zbekiston tomoni barcha taraflarni maksimal darajada vazminlik ko‘rsatishga, xalqaro huquq normalariga qat’iy rioya qilishga hamda davlatlarning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini hurmat qilishga chaqirdi. Shuningdek, bayonotda keskinlikni kamaytirish, nizo ko‘lamining kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlar to‘liq qo‘llab-quvvatlanishi qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, 15-sentyabr kuni Makka shahri tomonga uchirilgan husiylarning droni muqaddas shahar ustidagi taqiqlangan havo hududiga kirishidan oldin Saudiya Arabistoni havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilgan edi. Yamandagi harbiy koalitsiya vakili Turki al-Malkining ma’lum qilishicha, bu husiylarning 2017-yil iyulidagi ballistik raketa zarbasidan so‘ng Makkaga uyushtirgan ikkinchi hujum urinishidir.