Iqtisodiyot va moliya vazirligi pensiya islohotining sabablari va tafsilotlarini ochiqladiJamiyatO‘zbekiston xorijliklar kirishi uchun qulaylik bo‘yicha 52-o‘rinni egalladiJamiyatToshkent 157 mln yevroga 10 ta Škoda elektropoyezdini xarid qiladiJamiyatSingapurda kuniga 15 daqiqa kitob o‘qiganlarga pul berila boshlandiDunyoO‘zbekiston TIV Makkaga uyushtirilgan dron hujumini qat’iy qoraladiSiyosatO‘zbekistonda tibbiyot yo‘nalishlariga kirish uchun minimal ball oshiriladiJamiyatO‘zbekistonda oilaviy tibbiyot bo‘yicha rezidentura yo‘lga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekiston UzAuto Motors’ni ochiq tender orqali xususiylashtirmoqdaJamiyatAlisher Qodirov Madaniy meros agentligiga javob qaytardi va parlament eshituvini e’lon qildiJamiyatToshkentda avtobuslar metrodan so‘ng yo‘lovchi tashish bo‘yicha rekord o‘rnatdiJamiyat

O‘zbekistonda tibbiyot yo‘nalishlariga kirish uchun minimal ball oshiriladi

O‘zbekistonda tibbiyot yo‘nalishlariga kirish uchun minimal ball oshiriladi

Prezidentning 191-sonli farmoniga ko‘ra, tibbiyotga kirish uchun minimal chegara 60 foizni tashkil etadi. 113,4 balldan kam to‘plaganlar super-kontraktda ham o‘qiy olmaydi.

O‘zbekistonda tibbiyot va farmatsevtika yo‘nalishlari abituriyentlari hamda talabalarining bilim darajasiga qo‘yiladigan talablar sezilarli darajada kuchaytirilmoqda. Prezidentning 2026-yil 10-sentabrdagi PF–191-sonli farmoniga muvofiq, 2027/2028-o‘quv yilidan boshlab bakalavriatning tibbiyot va farmatsevtika yo‘nalishlariga o‘qishga kirishning minimal chegarasi kirish imtihonlaridagi maksimal ballning 60 foizi etib belgilanadi. Amaldagi baholash tizimida bu 189 balldan kamida 113,4 ballni tashkil etadi.

Yangi tartib abituriyentlar uchun qat’iy talab hisoblanadi: 113,4 balldan kam to‘plagan abituriyentlar oliygohga kirish huquqini to‘liq yo‘qotadi va hatto tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt) asosida ham o‘qishga qabul qilinmaydi. Ushbu cheklov maqsadli qabul parametrlari doirasida hujjat topshirganlarga ham birdek tatbiq etiladi.

Imtihonlardan tashqari, farmon ta’lim olayotgan talabalar bilimini baholashni ham kuchaytiradi. 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab har bir o‘quv modulini o‘zlashtirish hamda davlat imtihonlarini topshirish bo‘yicha minimal o‘tish balli shifokorlik mutaxassisliklari uchun 70 foiz, o‘rta tibbiyot xodimlari uchun esa 60 foiz qilib belgilandi. Shu bilan birga, tizimda birlamchi maqsadli ihtisoslashtirish kurslari (internatura)ga qabul tugatiladi va qisqa muddatli qayta tayyorlash kurslari orqali qo‘shimcha tor mutaxassislik olish amaliyoti bekor qilinadi.