Iqtisodiyot va moliya vazirligi pensiya islohotining sabablari va tafsilotlarini ochiqladiJamiyatO‘zbekiston xorijliklar kirishi uchun qulaylik bo‘yicha 52-o‘rinni egalladiJamiyatToshkent 157 mln yevroga 10 ta Škoda elektropoyezdini xarid qiladiJamiyatSingapurda kuniga 15 daqiqa kitob o‘qiganlarga pul berila boshlandiDunyoO‘zbekiston TIV Makkaga uyushtirilgan dron hujumini qat’iy qoraladiSiyosatO‘zbekistonda tibbiyot yo‘nalishlariga kirish uchun minimal ball oshiriladiJamiyatO‘zbekistonda oilaviy tibbiyot bo‘yicha rezidentura yo‘lga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekiston UzAuto Motors’ni ochiq tender orqali xususiylashtirmoqdaJamiyatAlisher Qodirov Madaniy meros agentligiga javob qaytardi va parlament eshituvini e’lon qildiJamiyatToshkentda avtobuslar metrodan so‘ng yo‘lovchi tashish bo‘yicha rekord o‘rnatdiJamiyat

O‘zbekistonda oilaviy tibbiyot bo‘yicha rezidentura yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda oilaviy tibbiyot bo‘yicha rezidentura yo‘lga qo‘yiladi

Prezidentning PF–191-sonli farmoni qabul qilindi. Asosiy urg‘u rezidenturani joriy etishga qaratildi: klinika ordinaturasi bekor qilinib, 2 yildan 5 yilgacha bo‘lgan o‘quv muddatlari belgilanmoqda.

O‘zbekistonda «Tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirdari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–191-son, 10.09.2026 y.) qabul qilindi. Hujjatning markaziy urg‘usi postdiplom ta’limni isloh qilishga qaratildi: mamlakatda klinik ordinatura o‘rnini to‘liq egallaydigan, tabaqalashtirilgan rezidentura tizimi joriy etilmoqda.

2026/2027-o‘quv yilidanoq respublikada ilk bor 2 yillik «Oilaviy tibbiyot» yo‘nalishi bo‘yicha rezidentura tashkil etiladi. Unda tahsil oluvchilar oliygohlarga biriktirilgan oilaviy politklinikalarda o‘qish bilan birga aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadilar. 2027/2028-o‘quv yilidan boshlab esa tor soha mutaxassislarini tayyorlash to‘liq rezidentura orqali amalga oshiriladi. Ordinaturaga qabul to‘xtatilib, magistratura kvotalarini qisqartirishdan bo‘shagan mablag‘lar rezidentlarni davlat granti asosida o‘qitishga yo‘naltiriladi. Grantdagi rezidentlarga MHEKMning 2,15 koeffitsiyenti miqdorida stipendiya to‘lanadi hamda Milliy malakalar ramkasining 7-darajasiga mos diplom beriladi.

Mutaxassisliklar bo‘yicha rezidentura davomiyligi 2 yildan 5 yilgacha etib belgilandi:

  • 2 yil: Oilaviy tibbiyot, Psixiatriya.

  • 3 yil: Anesteziologiya-reanimatologiya, Oftalmologiya, Allergologiya va immunologiya.

  • 4 yil: Ichki kasalliklar (terapiya), Kardiologiya, Endokrinologiya, Gastroenterologiya, Nefrologiya, Gematologiya, Dermatovenerologiya, Nevrologiya, LOR kasalliklari, Pediatriya, Infeksion kasalliklar.

  • 5 yil: Akusherlik va ginekologiya, Umumiy jarrohlik, Neyrojarrohlik, Plastik jarrohlik, Yurak-qon tomir jarrohligi, Bolalar jarrohligi, Travmatologiya va ortopediya, Urologiya, Onkologiya, Yuz va jag‘ jarrohligi.

Tizimli islohotlar doirasida bakalavriat ham o‘zgaradi: «Davolash ishi» o‘rnini «5+1» tizimidagi 6 yillik «Umumiy tibbiyot» yo‘nalishi egallaydi, tibbiyot oliygohlariga stomatologiya poliklinikalari biriktiriladi, kirish imtihonlarida esa minimal o‘tish balli 60 foiz etib belgilanadi. O‘rta tibbiyot xodimlari uchun «Tibbiy hamrohlik ishi» va «Oliy tibbiy hamrohlik ishi» yo‘nalishlari tashkil etilib, bitiruvchilarga «hamshira» va «tibbiyot og‘asi» (medbrat) kvalifikatsiyalari beriladi.