Iqtisodiyot va moliya vazirligi pensiya islohotining sabablari va tafsilotlarini ochiqladiJamiyatO‘zbekiston xorijliklar kirishi uchun qulaylik bo‘yicha 52-o‘rinni egalladiJamiyatToshkent 157 mln yevroga 10 ta Škoda elektropoyezdini xarid qiladiJamiyatSingapurda kuniga 15 daqiqa kitob o‘qiganlarga pul berila boshlandiDunyoO‘zbekiston TIV Makkaga uyushtirilgan dron hujumini qat’iy qoraladiSiyosatO‘zbekistonda tibbiyot yo‘nalishlariga kirish uchun minimal ball oshiriladiJamiyatO‘zbekistonda oilaviy tibbiyot bo‘yicha rezidentura yo‘lga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekiston UzAuto Motors’ni ochiq tender orqali xususiylashtirmoqdaJamiyatAlisher Qodirov Madaniy meros agentligiga javob qaytardi va parlament eshituvini e’lon qildiJamiyatToshkentda avtobuslar metrodan so‘ng yo‘lovchi tashish bo‘yicha rekord o‘rnatdiJamiyat

Alisher Qodirov Madaniy meros agentligiga javob qaytardi va parlament eshituvini e’lon qildi

Alisher Qodirov Madaniy meros agentligiga javob qaytardi va parlament eshituvini e’lon qildi

«Milliy tiklanish» yetakchisi Alisher Qodirov Shohi Zinda, Sarmishsay va Buxoro Arkidagi Quron holatini tanqid qilib, Madaniy meros agentligiga parlament so‘rovi yuborilishini bildirdi.

«Milliy tiklanish» partiyasi yetakchisi va Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov Toshkentdagi rus rassomining uyi borasidagi fikrlariga Madaniy meros agentligi bergan munosabatga javob qaytardi. Avvalroq agentlik ob’yektlarning qiymati «kerak yoki kerakmas» tamoyili bo‘yicha emas, balki qonun va ilmiy ekspertiza bilan belgilanishini hamda merosni millatga ajratmaslik lozimligini ta’kidlagan edi. Deputat bunga javoban parlament so‘rovi yuborilishi va parlament eshituvi o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Siyosatchi idorani asosli e’tirozlardan qochib, mavzuni millatlararo keskinlik tekisligiga burishda va muhim ob’yektlar muammolariga ko‘z yumishda aybladi. Qodirov agentlikka bir qator savollarni yuzlantirdi: milliardlab mablag‘ ajratilgan Sarmishsaydagi ochiq osmon ostidagi muzeyning qarovsiz qolayotgani, yonidagi yo‘l sabab Shohi Zindaning cho‘kayotgani, Buxoro Arkida eng qadimiy Quron nusxasi talabga javob bermaydigan joyda saqlanayotgani hamda Dovon davlatiga tegishli hududlarning qishloq xo‘jaligiga berib yuborilgani shular jumlasidandir.

Deputat idoraning ustuvor yo‘nalishlarini savol ostiga olib, ming yillik milliy merosga sovet davri merosiga qaraganda kamroq e’tibor berilayotganini ta’kidladi. Shu bilan birga, Qodirov har qanday kelib chiqishga ega vatandoshlar qadri xronologik jihatdan kamsitilmasligini, biroq xalq puli hisobidan saqlanayotgan qadriyatlar bo‘yicha hisobot berilishi shartligini bildirdi. Yakunda u davlat rahbarining «Deputatga munosabat — xalqga munosabat» degan so‘zlarini eslatib o‘tdi.